Joriy yilning 12 noyabrь kuni Muborak neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Dengizqoʼl” konidagi ikkinchi siquv kompressor stantsiyasi hamda “Tegirmon-Somontepa” gaz quvurining ishga tushirilishi munosabati bilan tantanali marosim oʼtkazildi.

“Oʼzbekneftgaz” АJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Аbdullaev mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini, ayniqsa kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlab, ishga tushirilgan ushbu obʼektlar yuqoridagi maqsadlarga xizmat qilishi muqarrar hisoblanishini taʼkidladi.

Muborak boshqarmasining “Oʼzbekneftgaz” АJ tomonidan qazib chiqarilayotgan tabiiy gazdagi ulushi deyarli 45 foizni tashkil qiladi. 2022 yilda boshqarma konlaridan 15,0 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishi kutilmoqda.

Hududda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, 2017-2021 yillarda jami 6 ta uglevodorod konlari ochildi (“Chordarbaza”, “Doʼltatepa”, “Quyi Pomuq”, “Yangi Olot”, “Ijobat”, “Razzoqbobo”) va 74,6 mlrd kub metr hajmda tabiiy gaz hamda 3,1 mln tonna hajmda suyuq uglevodorodlar zaxirasi oʼstirildi.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bajarilgan ishlar natijasida 2 ta yangi kon ochildi (“Quyi Pomuq”, “Yangi Olot”) hamda 6,2 mlrd kub metr hajmda tabiiy gaz va 356 ming tonna hajmda suyuq uglevodorodlar zaxirasi oʼstirildi. Yil oxiriga qadar bu koʼrsatkichni 12,0 mlrd kub metrga yetkazish kutilmoqda.

Loyiha bosh pudratchisi – “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan qisqa muddatlarda qiymati 87,8 mln. dollarlik texnologik obʼekt qurib bitkazildi. Zamonaviy gaz-turbina uskunalari va kompressorlar yetakchi xorijiy kompaniyalar, yaʼni “Baker Hughes”, “Аkchelik”, “DenEyr Enerji”, “IGNK”, “Shandong Vintex” va boshqa kompaniyalar tomonidan yetkazib berildi.

Mazkur qurilmani foydalanishga topshirish natijasida kunlik qoʼshimcha 1 mln. kub metr gaz qazib olish imkoni yaratildi. Shu bilan birga, uzunligi 47 kilometr boʼlgan “Tegirmon-Somontepa” gaz quvurining qurilishi yiliga 1 mlrd. kub metr gazni transportirovka qilish imkonini beradi.

Oʼtgan yili “Аlan” va “Zevarda” siquv kompressor stantsiyalarining ishga tushirilishi, bugun esa “Dengizkul” siquv kompressor stantsiyasining foydalanishga topshirilishi koʼzlangan maqsadlarga erishishga yordam beradi.

Yuqoridagi obʼektlarni qurishga jonbozlik koʼrsatgan 40 dan ortiq ishchi va xodimlar, jumladan texnologik uskunalarning ishlab chiqaruvlarni jamiyat rahbariyatining tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot uchun. “Dengizkoʼl” koni 1981 yilda Buxoro-Xiva hududida ochilgan yirik konlardan biri boʼlib, boshlangʼich zaxirasi 160 mlrd. kub metr tabiiy gazni tashkil qilgan. Bu yerda gazni kompleks tayyorlash qurilmasi foydalanishga topshirilgan, keyinchalik kon qatlam bosimining keskin ravishda tushib borishini hisobga olib 2009 yilda birinchi siquv kompressor stantsiyasi qurib ishga tushirilgan.Kondagi qoldiq 37 mlrd. kub metr gaz va 1,3 mln. tonna kondensat zaxiralarini maksimal darajada qazib olish maqsadida, ikkinchi siquv kompressor stantsiyasini qurish qarori qabul qilingan.

“Oʼzbekneftgaz” АJ Matbuot xizmati»