«Janubiy Tandircha» konida ish ayni avjida

03.08.2022
Поделиться:

Qashqadaryo viloyatining Gʼuzor tumanidagi «Janubiy Tandircha» konida Enter Engineering kompaniyalar guruhi mutaxassislari tomonidan siquv kompressor stantsiyasi (SKS) qurilishi ishlari qizgʼinlik bilan olib borilmoqda.

Sayt-menedjer Vladislav Uchevadovning maʼlum qilishicha, ayni paytda siqish hududida asosiy texnologik jihozlarni oʼrnatish va nazoratini taʼminlash jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, u qurilish maydonchasida yuqori malakali mutaxassislar ishlayotgani, bu esa barcha ishlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini taʼkidladi.

Mazkur inshoot uglevodorod xom-ashyosini ishlab chiqarishni koʼpaytirish maqsadida «Oʼzbekneftgaz» АJ buyurtmasiga asosan «kaliti bilan topshirish» sharti asosida qurilmoqda. Stantsiyaning foydalanishga topshirilishi konning toʼliq va barqaror ishlashini taʼminlash bilan birga, kunlik tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini ham sezilarli darajada oshiradi.

Biz ham tavsiya qilamiz