«Shimoliy Sho‘rtan» konida ishchilar shaharchasining ochilish marosimi

31.12.2021
Поделиться:

28 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati «Shimoliy Sho‘rtan» konida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qazib olinishi qiyin bo‘lgan zahirali konlardan neftni qazib olish va uglevodorod xom ashyosini qayta ishlash hajmini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori asosidagi loyiha ishtirokchisi bo‘lgan «SANOAT ENERGETIKA GURUHI» YAT MCHJ kompaniyasining neft va gaz sanoati ishchilari uchun qurilgan vaxta shaharchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Obyektning qurilishi SEG va Enter Engineering o‘rtasidagi shartnoma doirasida amalga oshirildi.

Marosimda har ikki kompaniya rahbariyati vakillari so‘zga chiqdilar. Jumladan, tadbirda so‘zga chiqqan Enter Engineering UNG-1 Direksiyasi loyihasi rahbari Jamshid Qalandarov shunday dedi:

«Biz «Asosiy jamg‘armalarni kapital qurish» loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachimiz SEG kompaniyasiga ilk obyektimizni topshirdik. Umid qilamanki, neft sanoati sohasi ishchilari ushbu shaharchada yashab, unumli mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi».

Yangi vaxta shaharchasi 60 kishi istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan. Bir qavatli binoda turar-joy xonalari, barcha kerakli kommunikatsiyalar va zamonaviy muhandislik tizimlari bilan jihozlangan sanitar-maishiy (garderobxonalar, sanitariya uzeli, yuvinish xonasi, isitish va quritish uchun xonalari va h.k.) hamda yordamchi binolar joylashgan. Kompleks 30 kishiga mo‘ljallangan oshxona, 3 ta shiyponcha, yozgi oshxona, yengil avtomobillar uchun turargoh, ichimlik suvi saqlanadigan 2 ta quduq, ombor va sog‘lomlashtirish maydonchasini o‘z ichiga olgan.

SEG, Eriell Group va Enter Engineering o‘rtasidagi yana bir shartnoma doirasida 2022 yilning fevralida Buyurtmachiga yana bir obyektni, ya’ni Namangan viloyatida «Mingbuloq» konida NTP (neftni tayyorlash punkti)ni topshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yilda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida 6 ta neft konida NTP qurish mo‘ljallanmoqda.

Biz ham tavsiya qilamiz