SPORT VА JISMONIY MАDАNIYАTNI RIVOJLАNTIRISH

Enter Engineering jismoniy madaniyat va sport rivoji, sogʼlom turmush targʼiboti uchun alohida ahamiyat qaratib keladi. Аyniqsa kompaniya oʼz loyihasi – koʼp funktsiyali «Humo Arena» muz saroyi nufuzli sanalgan Sport Build xalqaro jurnal tomonidan 2019 yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan sport industriyasida eng ahamiyatli obʼektlar roʼyxatiga kiritilgani bilan faxrlanadi. Bu roʼyxatdan Tottenham Hotspur stadioni (London), Ferentsa Pushkasha stadioni (Budapesht) va «Lujniki» suv sporti saroyi (Moskva) kabi yirik sport inshootlari oʼrin olgan. Enter Engineering, shuningdek Oʼzbekiston ligasi ishtirokchisi boʼlgan «Nasaf» professional futbol klubi homiysi sanaladi. Homiylik kelishuvi 2019-yil oktyabr oyida imzolangan boʼlib, homiylik mablagʼlari quyidagilarga yoʼnaltirilgan: 
- klubning tashkiliy, moddiy-texnik va ilmiy-metodik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
 - oʼquv-mashgʼulot jarayonlarining yuqori darajada sifatli samarali oʼtishini taʼminlash; 
- aholining keng qatlami oʼrtasida futbolni ommalashtirish. 
Bundan tashqari, kompaniya xodimlari doimiy ravishda turli sport musobaqalarida ishtirok etishadi. ERIELL Cup 2022 turniri, ZAAMIN ULTRA xalqaro marafoni, «Sport – oilaning mustahkam tayanchi!» spartakiadasi, kibersport boʼyicha CAD Corporate Cup po Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turniri va boshqalar shular jumlasidan. 

VOQELIKLAR

24.06.2021

«Mashhurlar bilan suhbat»

Batafsil
24.06.2021

Cho‘qqilarni zabt etib

Batafsil
14.06.2021

Eriell Cup – 2021 turniri kalendari ERIELL Group turnir g‘olibi bo‘ldi

Batafsil
31.05.2021

FINAL O‘YINI FUTBOL SHOUSIGA AYLANDI!

Batafsil