Humsonda tennisli kuz

18.10.2022
Поделиться:

Kuzning iliq ob-havosi, tetiklantiruvchi tog‘ shabbodasi va sportga bo‘lgan jo‘shqinlik – bularning barchasi o‘tgan dam olish kunlarida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan sanatoriy-kurort majmuasi kortlarida havaskorlar o‘rtasida tennis bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Humson Buloq Open turnirining ajoyib sababiga aylandi.

To‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur turnir an’anaga ko‘ra tennis ishqibozlarini birlashtirib, nafaqat qiziqarli sport tadbiriga, balki ajoyib oilaviy hordiqqa aylandi.

— Humson Buloq sog‘lomlashtirish majmuasi nafaqat poytaxt aholisi va mehmonlarining sevimli dam olish maseani, balki sport bilan faol shug‘ullanish mumkin bo‘lgan manzil hisoblanadi, – deydi turnir tashkilotchilari vakili Lyubov Smirnova. – Asosiy sovrinlar Lux, Delux va Standart toifadagi xonalarda dam olish imkonini beruvchi yo‘llanmalar uchun 15 ta aralash (erkaklar va ayollar) jamoalar bellashdilar. Musobaqa formati ikki bosqichdan iborat bo‘ldi – birinchi jamoa guruhlarga bo‘lingan holda o‘ynadi, so‘ngra pley-off bosqichida ikkita eng yaxshi jamoa bo‘yicha final ishtirokchilari aniqlandi.

Turnir havaskorlar turniri maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, aksariyat bellashuvlar yuqori dinamika va ishtirokchilarning oila a’zolari hamda do‘stlaridan iborat muxlislar ishqibozligi bilan ajralib turdi. Ha aytgancha, tashkilotchilar tomonidan ishqibozlarning faol dam olishlari uchun sharoit yaratildi – ular orasida bolalar va kattalar uchun «Qiziqarli startlar» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, qulay shezlonglarga joylashib quyosh nurlarida toblanish, isitiluvchi yangi basseynda cho‘milish va otlarda sayr qilish uchun ham sharoit yaratildi.

Humson Buloq Open musobaqasi ishtirokchilari orasida Enter Engineering kompaniyasining vakili, Iqtisodiyot va moliya bo‘limining yetakchi mutaxassisi Feruz Nurov ham borligini alohida ta’kidlash joiz.

— Lyubov Smirnova sherigimga aylangan turnirda katta mamnuniyat ila ishtirok etdim – deya ta’kidladi Feruz. – Har bir guruh bahsida bor mahoratimizni ko‘rsatishga harakat qildik, afsuski, guruhdan chiqa olmadik. Shunga qaramay, musobaqalar ajoyib sport bayramiga aylandi, kelajakda men albatta sovringa ega bo‘lish uchun kelaman. Kompaniyaning barcha xodimlarini sport bilan faol shug‘ullanishlariga chorlab qolaman!

Sport va jismoniy madaniyat Enter Engineering xodimlarining doimiy hamrohiga aylanib, ularga faoliyat va hayotda samarali ko‘mak bermoqda.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz