Qarshidagi futbol turniri

25.10.2022
Поделиться:

Keyingi yillarda kompaniyalar guruxida sportning qator turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish xayrli an’anaga aylanib bormoqda. Bu sport tadbirlari xodimlari o‘rtasida sport va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, ko‘pming sonli mehnat jamoasi a’zolarini jipslashtirish va korporativ madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

21–22 oktabr kunlari Qarshi shahrida mini-futbol bo‘yicha ana’aviy turnir bo‘lib o‘tdi. Unda ERIELL Group, Enter Engineering va Yenter Machineries Service kompaniyalari transport xizmatlarining xodimlaridan tashkil topgan Toshkent, Qarshi, Buxoro, Samarqand, Qo‘ng‘irot, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan hududiy tartibda tuzilgan 7 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnirning birinchi kuni ochilish ham qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Toshkent – Samarqand 9:2, Buxoro – Toshkent viloyati 7:5, Qarshi – Farg‘ona 5:2. Yarim final bellashuvida toshkentliklar Qo‘ng‘irot vakillarini 3:1 hisob bilan yenggan bo‘lsalar, buxorolik sportchilar Qarshi jamoasiga 1:5 hisobida yengildilar. Shunday qilib, final bosqichiga Toshkent va Qarshi jamoalari chiqdi.

Ishqibozlarda katta qiziqish uyg‘otgan final bellashuvi murosasiz kechdi, jamoalar juda ko‘p xavfli vaziyatlarni yaratgan holda qiziqarli va shiddatli o‘yin ko‘rsatdilar. Arbitrning final hushtagi chalingan payt kuchlar teng, hisob esa 1:1 edi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan penaltilar seriyasida poytaxtlik futbolchilarning mahorati ustunlik qildi va aynan Toshkent jamoasi turnir g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Qarshi jamoasiga nasib qildi. Turnir «bronza»si uchun bellashuv Buxoro va Qo‘ng‘irot jamoalari o‘rtasida kechdi va unda buxoroliklar katta hisob (10:2) bilan g‘olib bo‘ldilar.

Turnir g‘olibi va sovrindorlari tantanali tarzda mukofotlandi, lekin, eng muhimi, uning barcha ishtirokchilari nafaqat o‘zlarining sportdagi qobiliyatlarini namoyish etdilar, balki doimo peshqadamlik, jipslik va faollikka intilishlarini ham isbotladilar. Biz esa, o‘z o‘rnida ularga sportda, faoliyatda va hayot yo‘llarida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz