Ilm va taraqqiyot bayrami

05.02.2024
Поделиться:

4-fevral kuni muhim sana — Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) tashkil topganiga ikki yil to‘lgani nishonlandi. Ushbu tadbir nafaqat 2023-yildagi muvaffaqiyat va yutuqlarni eslash imkoniyatini berdi, balki universitetning joriy va rejalashtirilgan loyihalarini taqdim etish uchun maydon bo‘ldi.

«Hilton Samarkand Regency» zali foyesida tong ta’lim olamidagi so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish uchun yig‘ilgan mehmonlarni qarshi olish bilan boshlandi. SIUT talabalari ostonada faxriy mehmonlarni samimiy kutib olishdi va shu bilan tadbirning nufuzi va akademik ruhini namoyon etishdi.

Bayram tadbiri universitetning salmoqli rivoji bilan esda qolgan yil yakunlariga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda 200 nafar talaba, shu jumladan, 20 nafar davlat granti sovrindorlari turli bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni boshlagan. Ko‘makka muhtoj 68 nafar iqtidorli talabalarga SIUT Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Fazilovning shaxsiy grantlari topshirildi. Universitet yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy markazlar va korxonalar bilan 30 dan ortiq kelishuv va memorandumlar tuzgan. Ishtirokchilar orasida eng yoshi bo‘lgan SIUT talabalari jamoasi Moskvadagi xalqaro olimpiadaning final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 2023-yilda 1200 talabaga mo‘ljallangan universitetning yangi kampusi qurilishi ham jadal olib borildi.

Universitet rektori Yusuf Abdullayev sahnaga chiqib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlash uchun SIUTning jahon andozalari darajasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni haqida gapirdi.

«SEG ENERA Group» bosh direktori T.V. Smirnov universitetning xalqaro maydondagi strategik ahamiyatini ta’kidlab, Baxtiyor Fazilovning tabrigini taqdim etdi. Xodimlarni taqdirlash marosimi ularning universitet muvaffaqiyatiga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi bo‘ldi.

Bayram SIUT xalqaro hamkorlarining global integratsiya va hamkorlikka urg‘u berilgan videotabriklari bilan boyitildi. Professor Jozef Stark ta’lim va ilm-fan kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. So‘ngra tadbirga jonli musiqa, raqs va she’rlar o‘zgacha shukuh berdi.

2023-yil yakunida SIUT «Scienceweb» maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Milliy ilmiy tadqiqotlar maʼlumotlar bazasida ikkinchi oʻrinni egalladi va bu universitetning bilim va tadqiqot sohasida yetakchilikka intilishini tasdiqlaydi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz