MEI loyihasi: marra chizig‘i arafasida

19.05.2023
Поделиться:

Poytaxtimizning Olmazor tumanida Moskva energetika institutining Toshkent shahridagi filialini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetdi.

Bugungi kunda sobiq bank kolleji negizida zamonaviy universitet majmuasi barpo etilgan bo‘lib, bu o‘quv jarayonini eng yuqori ta‘lim standartlariga javob beradigan darajada sifatli tashkil etish imkonini beradi. Loyiha buyurtmachisi “O‘zbekgidroenergo” AJ “4-sonli qurilish direksiyasi” MChJ, bosh pudratchi “Enter Engineering” kompaniyasi bo‘ldi. Qurilish-montaj ishlari 2021 yilda boshlangan. Turli bosqichlarda ularga 180 dan ortiq mutaxassis va 20 ta texnika jalb qilingan.

Biz mazkur obyektga tashrif buyurib, bugungi kundagi ishlar bilan tanishdik. Ilgari mavjud bo‘lgan ikkita bino to‘liq o‘zgartirildi. Ular rekonstruksiya qilinib, yangicha zamonaviy qiyofa kasb etdi. Hozir bu yerda o‘quv binosi, laboratoriya joylashgan. Bundan tashqari, uchta yangi bino – o‘qituvchilar uchun mehmonxona, talabalar yotoqxonasi va sport-sog‘lomlashtirish majmuasi barpo etildi. Shuningdek, ta‘lim muassasasi hududida stadion ham qurilgan. Modernizatsiya bo‘lajak oliygoh infratuzilmasida ham namoyon bo‘ldi, hududda elektron videokuzatuv tizimlari, nazorat-o‘tkazish punktida esa yuzni tanib olish tizimi o‘rnatildi. Katta quvvatga ega yangi transformator kelajakda elektr uzilishlarining oldini olishga yordam beradi.

Tez orada MEIning Toshkentdagi filiali foydalanishga topshiriladi va bo‘lajak energetiklar bu yerda bilim olishni boshlaydilar.

Biz ham tavsiya qilamiz