6-SKS: Qurilsh ishlari yakunlandi

23.03.2023
Поделиться:

Buxoro viloyatida joylashgan va yaqinda ochilishining 65-yilligi nishonlangan «Gazli» koni ayni kunlarda ajoyib voqelik joyiga aylandiki, u ham boʼlsa, bu yerda Oʼzbekistonning sanoat quvvatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi obyekt — konda yangi oltinchi siquv kompressor stantsiyasi (6-SKS)ning qurib bitkazilganidir. 

Bu inshoot Enter Engineering Kompaniyalari guruhi tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar roʼyxatini yana bittaga oshirdi. Mutxassislarimiz «Gazli» YeGO (erosti gaz ombori)da gaz saqlash hajmlarini gaz koni gorizontlari va neftli hududlar hoshiyasini dastlabki razvedka va ishlab chiqish yoʼli bilan oshirish ishlari doirasida bunyod etilgan 6-SKSda sozlash va ishga tushirish, montaj qilish ishlarini oʼz vaqtida hamda sifatli bajardilar. Loyiha buyurtmachisi «Gazli Gas Storage» MChJ QK boʼlib, loyihalash ishlari UzLITI Engineering tomonidan bajarildi. 

Taʼkidlash joizki, keyingi ikki hafta davomida 12 gektar maydonda joylashgan stantsiya sathining har bir burchagida qizgʼin ishlar olib boriladi. Аsosiy jarayonlar bilan barobar ravishda yoʼllar sozlandi, yordamchi maydonchalar tartibga keltirildi. Аslida qurilish jarayonlari avj pallasida bu yerda 2000 ta ishchi mutaxassislar mehnat qildi, jalb etilgan maxsus texnika soni esa 300 tani tashkil etdi.

Mazkur obyektning ishga tushirilishi bilan uglevodorod tarkibli xom ashyo hajmini bir kecha-kunduzda 20,0 mln st. m3 gacha oshirish imkoni tugʼiladi. SKSda ishlaydigan asbob-uskunalarni oʼrnatish va ishga tushirish jarayonida 40 MVt gacha quvvatga ega SIEMENS Energy (Germaniya)ning gazni haydovchi ikkita apparat oʼrnatildi. Аyni paytda SKS ekspluatatsion texnologik rejimdagi loyihaviy quvvatiga mos ravishda ishlashga shay. Bu bilan yer qatlamlaridagi past bosim sharoitida bosimni koʼtarish orqali gaz qazib olish koʼlamini oshirishga erishiladi. Bundan tashqari, xom ashyoning keyingi bosqichda belgilangan texnologik qurilmalarda qayta ishlash va transportirovka uchun talab etilgan zaxirani shakllantirishga xizmat qiladi. Obyektdagi ishlab chiqarish jarayonlarida band boʼladigan mutaxassislar uchun ham munosib shart-sharoitlar yaratilgan. Operatorlar xonasi, qulay va shinam yashash xonalari, tibbiy punkt, oshxona va hokazo maishiy binolar qurib bitkazilgan. 

Enter Engineering kompaniyasining koʼp ming sonli mehnatkash jamoasi saʼy-harakatlari bilan zamoanviy, jahon andozalariga mos va eng ilgʼor asbob-uskunalar bilan jihozlangan yirik sanoat korxonasi bunyod etildi.

Bahoriy ayyom Navroʼz arafasida Qizilqum choʼli bagʼrida ona zaminimiz saxovat ila oʼz boyligini ulashadigan, chiroqlari yorqin yonib turgan yana bir nuqta Oʼzbekiston xaritasida paydo boʼlgani juda quvonchlidir. 

 

Biz ham tavsiya qilamiz