«Tebinbuloq» koni o‘zlashtirishtirilmoqda

09.03.2023
Поделиться:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida joylashgan kon-metallurgiya majmuasi (KMM) qurilayotgan Tebinbuloq konida qurilish ishlari davom etmoqda. Loyihaga ko‘ra, yiliga 3,6 mln tonna miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklanuvchi temir shaklida tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi KMM qurish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning buyurtmachisi sifatida «Triangul Metals Tebinbulak» MChJ, EPC-pudratchisi — Enter Engineering bo‘ldi. UzLITI Engineering kompaniyasining mutaxassislari loyihalash ishlarini olib borishmoqda. Loyihaning maqsadi mahalliy metallurgiya korxonalari va aholining ehtiyojlarini qondirish uchun metal xom ashyosi va po‘lat mahsulotlarini ishlab chiqarishdir.

Bugungi kunda KMMning quyidagi asosiy texnologik maydonchalarida ishlar olib borilmoqda:

– ochiq kon (xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun yiliga 58 mln t. ruda qazib olish);

– boyitish fabrikasi (rudadan yiliga 5 mln t. miqdorida temir rudasi konsentratini ishlab chiqarish);

– pelletizatsiya fabrikasi (yiliga 5 mln t. miqdorida temir rudasi konsentratidan temir ruda granulalarini ishlab chiqarish);

– to‘g‘ridan-to‘g‘ri temirni tiklash zavodi (yiliga 3,6 mln t. quvvatga ega to‘g‘ridan-to‘g‘ri temirni tiklash).

Obyektga 122 nafar ishchi va 59 dona qurilish texnikasi jalb qilingan. Hozirgi kunda konda tekshiruv quduqlarini burg‘ilash, geologiya-qidiruv ishlari va JORC xalqaro standartlari bo‘yicha zaxiralarni hisoblash ishlari yakunlanmoqda.

Shu bilan birga, 2023-yil 25-fevralda Tebinbuloq konida tog‘ jinslarini katta miqyosdagi portlashi amalga oshirildi, bu konning o‘zlashtirishni boshlanishi anglatdi. Triangul Metals Tebinbulak tomonidan Eriell Well Solution bilan burg‘ilash va portlatish ishlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Portlovchi moddalarni joylashtirish bo‘yicha barcha ishlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va ushbu obyektlarda ishlashning xavfsizlik tartib-qoidalari bilan tanish bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi. Portlash paytida barcha xodimlar xavfli zona chegarasidan (700 m) tashqarida, bexatar masofaga yuborildi.

Paralel ravishda UzLITI Engineering belgilangan ish jadvaliga muvofiq loyihaning detallashtirilgan qismini ishlab chiqmoqda. Injiniring kompaniyasining 80 nafarga yaqin mutaxassisi jalb etilgan, ehtiyoj sari qo‘shimcha xodimlar jalb qilinmoqda.

Biz ham tavsiya qilamiz