Enter Steel: lokalizatsiyalash — istiqbolli yoʼnalish

01.03.2023
Поделиться:

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uni tashkil etish uchun sarflangan mablag' va resurslarni to'liq oqlaydi. Enter Engineering kompaniyalari guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ham mahalliy resurslar va quvvatlardan foydalangan holda mahsulot hamda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil etish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda.

AGMK negizida 3-misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilishi loyihasida Enter Steel zavodi filiali hisoblangan «Enter Steel Almalyk» MChJning ishga tushirilishi bunga yaqqol misol boʼla oladi. Zavod filiali ishga tushishi bilan zarur metall konstruksiyalarni yetkazib berish uchun logistika xarajatlari sezilarli darajada kamaydi va qurilish ishlari sur'ati tezlashdi. Bugungi kunda ushbu korxonada metallni payvandlash va kesish, mahsulotlarni qayta ishlash va yig'ish uchun zamonaviy texnologik uskunalarga ega bo'lgan ishlab chiqarish sexi faoliyat ko'rsatmoqda (Voortman liniyasi).

Bunga parallel ravishda, ayni kunda bu yerda katta hajmdagi inshootlar, xususan, rudalarni maydalash uchun tegirmon uskunalari mahsulotlari yig'iladigan ikkinchi sex ham qurilmoqda. Bu sex ham ishga tushirilgandan so'ng, zavod rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvatiga ega borishi va yiliga bir necha ming tonna metall konstruktsiyalarni, shuningdek, taxminan 4 dona sharli tegirmon ishlab chiqarishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, yangi sexda eng yangi liniyadagi jihozlar o'rnatiladi, ulardan foydalanish jahon andozasiga mos keladigan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Uskunalar Metso Outotec va Thyssen Krupp kabi dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadi. Shuningdek, yuk ko'tarish quvvati 150 tonna bo'lgan ikkita ko'prikli kranlar o'rnatiladi (Enter Steelning o'z ishlab chiqarishi), ularning analogi hozirda mamlakatimizda mavjud emas. Natijada, zavod 3-MBF qurilishi ehtiyojlarini to'liq qondiradi, bu logistika jarayonlarini, nostandart mahsulotlarni etkazib berishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Korxona xodimlarining umumiy soni 1000 kishidan oshadi.

— Sharli tegirmonlar sexining asosiy maydoni, qoʼshimcha yordamchi binolarni hisobga olmaganda, 8730 m2 ni tashkil qiladi, — deydi statik uskunalar guruhi mutaxassisi, Enter Engineering Mashinasozlik direktsiyasidan qurilishga mas'ul bo'lgan tajribali mutaxassis Aleksey Mikov. — Hozirgi kunga kelib qurilish maydonida bino poydevori toʼliq quyib boʼlindi, ustunlar uchun stakan shaklli poydevorlar quyilmoqda, shuningdek, rostverklar va ularni namlikdan himoyalovchi temir betonli yaxlit tayanch qism bitkazildi, tuproq va qumni zichlab yotqizish ishlari ham avjida. Qo'llab-quvvatlovchi ustunlar, beton lintellar, pastki qavatlar, shuningdek texnologik uskunalar uchun murakkab shakldagi poydevorlarni quyish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Biz ham tavsiya qilamiz