Boysun GQIZ: bаrchа ishlаr rejа boʼyichа ketmoqdа

09.01.2023
Поделиться:

Surxondaryo viloyatida Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi faol bosqichi jadal davom etmoqda.

Buyurtmachisi «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ IK, bosh pudratchisi — Enter Engineering Kompaniyalari guruhi boʼlgan ushbu loyiha «Mustaqillikning 25-yilligi» gaz konidan olinadigan tarkibida yuqori darajada CO2 va H2S mavjud tabiiy gazni yiliga 5 mlrd m3 hajmda qayta ishlash quvvatiga ega boʼlgan GQIZ qurilishini oʼz ichiga olgan.

Bazaviy loyiha 2020-yilda yakunlangan. Joriy holatga koʼra, UzLITI Engineering mutaxassislari detalli loyihalashtirish ishlarining 84 foizini amalda bajarishga ulgurdilar. Hozir asosiy asbob-uskunlar va materiallar xaridi uchun buyurtma sertifikatlari, asosiy asbob-uskunalar oʼrnatiladigan nuqtalarda poydevorlar, estakadalar, rezervuarlar hamda zavodningboshqa inshootlari va maʼmuriy binolar chizmalari tayyorlab boʼlindi, shuningdek yer ostidan va yer ustidan oʼtuvchi gaz uzatish quvurlari, yana qator binolar va inshootlar arxitekturasi boʼyicha ish hujjatlari tayyorlanmoqda. Elektr va past quvvatda ishlovchi tizimlar, ventilyatsiya, kondentsionerlash, infratuzilmaviy tizimlar, omboxona va boshqa obyektlar boʼyicha muhandislik ishlanmalari qizgʼin olib borilmoqda.

Shell Global Solutions International B.V. kompaniyasining litsenzion texnologiyalari boʼyicha uzoq muddat tayyorlash sikli uchun moʼljallangan asbob-uskunalarni yetkazish ishlari davom etmoqda (rejadagi 108 ta asbob-uskuna birligidan 77 tasi keltirib boʼlindi, ular orasida reaktorlar, gorizontal nasoslar, markazdan qochirma kompressorlar, bugʼ qozonlari, suv sovutish minorasi kabilar bor). Qolgan uskunalarning 20 ta yetkazib keltirish, yana 11 tasi esa ishlab chiqarish bosqichida.

GQIZ infratuzilmasini yaratish boʼyicha katta hajmli ishlar bajarilmoqda. Bu ishlar turar-joy va maʼmuriy binolar (vaxta shaharchasi, operatorlik punkti, oshxona va boshqalar), shuningdek omboxona, laboratoriya binolar qurilishiga oid boʼlib, qurilish ishlari tez va sifatli amalga oshirilmoqda. Yongʼin xavfsizligi deposi uchun ajratilgan maydoni, bugʼlatgich koʼllari, oltingugurt kartasini tayyorlash ishlari ham boshlangan. Yongʼinga qarshi va sovutilgan suv taʼminoti uchun moʼljallangan quvurlar qisman yotqizib boʼlindi. Oltingugurt olish tizimi qurilmalari, bugʼ va bugʼ kondensatini uzatish hamda oqava suvlarni tozalash tizimlari, magistral OTАL, zavodga eltuvchi yoʼl uchun moʼljallangan metall konstruktsiyalar montaj qilinmoqda.

Yirik asbob-uskunalarni montaj qilish jarayoni avj pallada. Xususan, reaktorlar, sovutish kolonnasi, absorberlar, nasoslar, bugʼ qozonlari poydevorlarga oʼrnatilmoqda. Shuningdek, suv sovutish minorasi, pech va gaz-porshenli qurilmalar yigʼilib, shay qilib qoʼyilgan. 70 gektar maydonni egallagan qurilish maydonida kechayotgan bunyodkorlik jarayonlariga 2263 nafar mutaxassis va 380 ta qurilish texnikasi jalb etilgan.

Biz ham tavsiya qilamiz