Kompaniya kasaba uyushmasining xayriya tadbiri

07.12.2021
Поделиться:

1992 yilda 3 dekabr - Xalqaro jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar kuni deb nomlanganidan buyon ushbu sana bunday insonlar uchun atrofdagilarning ko‘magi naqadar muhim ekanligini eslatib turadi. Bu sana – nogironligi bor kishilarning muammolariga jamoatchilik diqqatini jalb etish, shuningdek, ularning huquqlarini jamiyatning barcha jabhalarida ta’minlash masalasini e’tiborni qaratish uchun yana bir imkoniyatdir.

Enter Engineering kompaniyasining kasaba uyushma qo‘mitasi ham bu muhim ishdan chetda turmagan holda, oilasida turli darajada nogironlikka ega bo‘lgan bolalar voyaga yetayotgan kasaba uyushmaga a’zo xodimlarga moddiy-ma’naviy ko‘rsatish bo‘yicha xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

3 dekabr sanasi arafasida kompaniyaning barcha obyektlari va loyihalariga ariza va bildirgi namunalari jo‘natilib, yordamga muhtoj har bir xodimning kasaba uyushmasiga erkin murojaat qilishi uchun shart-sharoit yaratildi..

Ushbu xayriya tadbiri natijasida 81 nafar bolalarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Mamlakatimizning chekka joylarida yashovchi, o‘rnidan turish imkoniyati yo‘q bolalarga kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari tomonidan manzilli yordam ko‘rsatildi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz