Birlik, sahovat va mehr-muruvvat bayrami!

08.07.2022
Поделиться:

Qurbon hayit — muborak ayyom! Bu chinakam birlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik kuni, cheksiz mehr va saxovat timsolidir.

Enter Engineering ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida ushbu yorqin bayram arafasida muhtoj insonlarga yordam berishga qaratirilgan aksiyalarni an’anaviy tarzda uyushtirib keladi. Bayram arafasida kompaniya tomonidan ERIELL Group va Humo Arena ko‘p funksiyali muz majmuasi bilan hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan aksiya doirasida 38 xil tashhislangan kasalliklarga chalingan, imkoniyati cheklangan farzandlari bo‘lgan 400 ga yaqin oilalarga yordam ko‘rsatildi. Ularning barchasi 19 yildan buyon shu kabi oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgan «APLA» nodavlat notijorat tashkiloti g‘amxo‘rligi ro‘yxatida turishadi.

Shu kuni bolalar ota-onalari hamrohligida maxsus qulay avtobuslarda Humo Arena saroyiga olib kelindi. Tashkilotchilar mehmonlar majmuaga yetib kelishlari bilanoq bayram shukuhini his etishlari uchun astoydil harakat qilishdi. Erta tongdan va kun davomida bu yerda mehrli va mehmondo‘st muhit hukm surdi, shuningdek palovning yoqimli isi dimog‘ni qitiqlardi. Aynan ushbu taom mehmonlarimiz uchun Humo Arena ma’muriyati tomonidan maxsus tayyorlangan edi!

Mehmonlar kelishi bilan ular uchun majmua bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Bolalar mutaxassislar hamrohligida muzga chiqib, bir necha daqiqa bo‘lsa-da, o‘zlarini haqiqiy xokkey o‘yinchilaridek his qilish — maxsus o‘yin tayog‘ini qo‘lga olib, darvozaga shayba urish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, figurali uchish bo‘yicha sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, turli elementlarning ajoyib ijrosi yig‘ilganlarni behad xursand qildi va ularga ulkan zavq bag‘ishladi.

— — Ushbu bayram tashkil etilganidan benihoya xursandmiz. E’tibor va g‘amxo‘rlik barchamiz uchun juda muhim, imkoniyati cheklanganlar uchun esa bu ikki karra zarur. Ushbu aksiyani o‘tkazishga bel bog‘lagan barcha tashkilotchilarga — Enter Engineering, ERIELL Group kompaniyalariga va Humo Arena majmuasi ma’muriyatiga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Insonga berilgan eng oliy fazilat — birovning hayotida yaxshi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lish, — deydi «APLA» AJ rahbari Olesya Usmonova.

Aksiyaning 145 nafar ishtirokchisiga turli oziq-ovqatlar to‘plamlari topshirildi. Tadbirga kela olmaganlar uchun (taxminan 240 nafar kishiga) tashkilotchilar tomonidan oziq-ovqatlar paketlari manzilma-manzil yetkazib berildi.

Aksiya haqida yanada batafsilroq ma’lumotlarga fotoreportajimiz orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz