E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK IFODASI

31.08.2021
Поделиться:

Aslida xayrli ish uchun alohida sabab bo‘lishi shart emas. Shunday bo‘ldiki, «Enter Engineering» kompaniyalari guruhidan navbatdagi xayriya yordami aynan bugungi bayramoldi kunlarida o‘z egalariga yetkazildi. Biz O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami arafasida kompaniyamiz nomidan moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga tuhfalar yetganimizdan juda mamnun bo‘ldik.

Chilonzor tumanidagi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyati 150 nafar nogironlar (Jamiyat a’zolari), kam ta’minlangan oilalar, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarni birlashtirgan. Mazkur NNT raisi muovini Nargiza Qo‘chqortoyevaning (II guruh nogironi) aytishicha, Jamiyatda tez-tez madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etilib, a’zolarga davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ajratilgan turli mahsulotlar va kundalik hayot uchun zurur bo‘lgan vositalar ulashiladi.

Xayriya maqsadlari uchun kompaniya tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga «Mehribonlik» NNTga oziq-ovqat mahsulotlari, yotoq jamlanmalari va gigiyenik vositalar, eng muhimi, ikkita zamonaviy nogironlar aravachasi tortiq etildi.

Insonparvarlik yordamini topshirishga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi va jamoa hisobida Olimpiada g‘olibi (1992 y.), Osiyo chempioni – afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina ishtirok etdi. E’tiborga sazovor jihati shuki, jismoniy imkoniyatlari cheklanganiga qaramasdan bolalarning aksariyati sport bilaan shug‘ullanishar ekan. Oksana Aleksandrovnani qarshi olish paytidagi his-hayajonni so‘z bilan ta’riflash qiyin, bolalar zavq-shavq bilan sportchini qarsak chalib (hatto, bu ular uchun oson bo‘lmas-da) olqishladilar. Barcha yig‘ilganlarning chehrasi quvonch va havasdan yorishib ketdi.

Oksana Aleksandrovna so‘zga chiqib, o‘z nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi:

– Enter Engineering kompaniyasining bunday xayrli tadbirida qatnashish men uchun katta sharaf. Ana shunday ezgu tadbirlar tufayli ko‘pchilik yordamga muhtoj kishilarning turmush sharoiti yaxshilanmoqda.

Mening hayotim hamisha sport bilan bog‘liq bo‘lgan. Lat yeyish, jarohatlar faoliyatimda juda ko‘p yuz bergan. Jiddiy lat yegan paytimda «bo‘ldi, sportdagi faoliyatimni tugataman», deb o‘ylagan paytim ham bo‘lgan. Tasodifan, xuddi shu paytda men jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning sport bilan shug‘ullanayotgani haqida hujjatli filmni ko‘rib qolganman. Filmda nogiron bolalarning qat’iyat va iroda bilan o‘z maqsadi sari, g‘alaba sari intilishi hikoya qilingan edi. Ko‘rganlarim menning oyoqqa turishim hamda sport bilan shug‘ullanishni davom ettirishim uchun ajoyib motivatsiya bo‘lgan. Sizlar ham o‘z hayot yo‘lida yangi yutuqlar va g‘alabalar sari intilayotgan irodali va qiziquvchan insonsiz. Men uchun Siz – haqiqiy qahramonsiz!

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz