Avtomobillar soni ko‘payishi bilan bolalarning yo‘llardagi xavfsizligini ta’minlash kundan-kunga dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Oliy Majlis Senati ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarida 500 dan ortiq bola jabrlangan. Enter Engineering kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida 28 oktabr kuni Toshkent shahrining 273- va 288-maktablarida o‘quvchilarni yorug‘lik qaytaruvchi nimchalar bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus aksiya o‘tkazildi. Ushbu nimchalar haydovchilarga bolalarni qorong‘u paytda ham payqash imkonini beradi.
![](https://telegra.ph/file/96d3aca97c536f87ff92e.jpg)
Aksiya doirasida Enter Engineering kompaniyasining PR-departamenti xodimlari ikkinchi smenada o‘qiydigan 3-7 sinf o‘quvchilariga yorug‘lik aks ettiruvchi elementlari bo‘lgan 400 dan ortiq nimachalar tarqatishdi. Tadbirda ishtirok etgan YHXB vakillari bolakaylarga nimchalardan foydalanish qanday ahamiyatli ekanini tushuntirib berishdi.
![](https://telegra.ph/file/c451f6b60fcc94f2e3dbc.jpg)
Aksiya doirasida Enter Engineering kompaniyasining PR-departamenti xodimlari ikkinchi smenada o‘qiydigan 3-7 sinf o‘quvchilariga yorug‘lik aks ettiruvchi elementlari bo‘lgan 400 dan ortiq nimachalar tarqatishdi. Tadbirda ishtirok etgan YHXB vakillari bolakaylarga nimchalardan foydalanish qanday ahamiyatli ekanini tushuntirib berishdi.
![](https://telegra.ph/file/62678bf279852fa946374.jpg)
![](https://telegra.ph/file/20332b13b3a02b13ed1da.jpg)
Yorug‘lik qaytaruvchi nimchalar nurning eng kam tarqaluvchi nuqtasida shu’lalarni aks ettiruvchi kulrang tasma bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘llarda bolalarning xavfsizligini ta’minlashda eng samarali vosita hisoblanadi.
![](https://telegra.ph/file/b30118c96c7a721443d37.jpg)
Nimchalar haydovchilarga maktab o‘quvchilarini qorong‘uda payqash va baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu maxsus nimchalardan foydalanish piyodalar ishtirokida baxtsiz hodisalar kelib chiqishi xavfini 3-4 barobar kamaytiradi.
![](https://telegra.ph/file/2165adfe72f78c84e3c46.jpg)