Kuch va ishonchlilikni timsoli

20.08.2024
Поделиться:

Enter Engineering loyihalarining ko‘lami hayratga soladi, ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan texnika ham shunga yarasha. Og‘irligi 114 tonnani tashkil etadigan «SHANTUI SD90» karyer buldozeri to‘liq komplektatsiyasi bilan haqiqiy titandek ko‘rinadi. Markaziy Osiyoda atigi 10 ta shunday qudratli mashinalar mavjud bo‘lib, ularning barchasi hozirda EMS kompaniyasi balansida va 3-MBF loyihasida ishlamoqda, ular bu loyihaga 2023-yil oxirida yetib kelgan.

«SHANTUI SD90» buldozeri bir tsiklda 34 kub metrgacha tuproqni siljitishga qodir va relyefni shakllanishiga osonlik bilan bardosh beradi. Uning boshqa mashinalar orasida rekord darajadagi o‘lchamlari hayratlanarli — uzunligi 14,6 metr va balandligi deyarli 5 metr, dvigatel quvvati esa 950 ot kuchiga teng. Mashina gidromexanik privod bilan jihozlangan, bu ikkita joystik orqali ko‘p tonnali gigantni hayratlanarli darajada osonlik bilan boshqarishga imkon beradi, ulardan biri yurish qismini boshqarish, ikkinchisi ishchi uskunalar uchun javob beradi. Balandligi inson bo‘yidan oshib ketadigan «otval» katta hajmdagi tuproqni ko‘chirish imkonini beradi, bu obyektdagi qurilish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi. Orqa qismda o‘rnatilgan tuproq maydalagich o‘ta qattiq jismlarni yoki katta tuproq bo‘laklarini parchalshga yordam beradi. 1700 litr dizel yoqilg‘isi sig‘imi bo‘lgan yonilg‘i baki sezilarli ishlash resursi ta’minlaydi.

Mexanizatorlarning xavfsizligi va qulayligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kabina konditsioner, monitor va hatto radio bilan jihozlangan. Buldozer ikkita o‘t o‘chirish moslamasi va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, dvigatel qizib ketganda ishga tushadi.

Bir buldozer smenada ishlaydigan uchta mexanizatorga biriktirilgan. Smenani almashtirishda har 10 soatda texnikada asosiy yoqilg‘i-moylash suyuqliklari darajasi tekshiriladi va har 2150 ish soatida mashina texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus ta’mirlash maydoniga yuboriladi. Olti oylik ish jarayoni davomida jiddiy buzilishlar sodir bo‘lmadi, bu uskunaning ishonchliligini anglatadi.

Bunday qudratli va katta mashinani boshqarish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Tegishli sertifikatni olish uchun mexanizatorlar EMS o‘quv markazida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar, bu 20 kunlik nazariya va 20 kunlik amaliyotni o‘z ichiga oladi, so‘ngra imtihon topshiriladi. «SD90» haydashni boshlashdan oldin mutaxassis «kichik kalibrli» buldozerda taxminan bir yil ishlashi kerak.

3-MBF loyihasidagi «SHANTUI SD90» — bu shunchaki texnika emas, balki Enter Engineeringning eng ulug‘vor loyihalarini amalga oshirishga imkon beradigan qudrat, ishonchlilik va innovatsiyalarning timsolidir!

 

Biz ham tavsiya qilamiz