Yaratuvchanlik energiyasi

21.12.2023
Поделиться:

Enter Engineering — O‘zbekistonda eng yirik qurilish loyihalarini amalga oshiruvchi kompaniya. Ushbu faoliyatning natijasi kompaniyaning energetik-mutaxassislarining bebaho hissasisiz bo‘lmaydi.

Energetika xodimlari kuni kasb bayrami arafasida biz kompaniya bo‘ylab loyihalar, qurilish maydonchalari, turar-joy shaharchalari va elektr inshootlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi Enter Engineering xodimlarining yuqori professionalligi, fidoyiligi va o‘z ishiga sodiqligini yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Enter Engineering’ning har qanday obyektini qurish shu jumladan u yerga Eenergetika bosh xizmati xodimlarining kirib kelishi bilan boshlanadi. Ular qurilish ishlarining butun majmuasini boshlab berish uchun elektr uzatish liniyalarini yotqizishadi va birinchi kundan to oxirgi kungacha ularning bebuqson ishlashini ta’minlashadi.

Bugungi kunda Energetika bosh xizmatida 500 nafardan ortiq kishi mehnat qilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish vazifalaridan tashqari, ular asbob-uskunalarni ishlatish va ta’mirlashni tashkil etish bilan shug‘ullanadilar. Ularning vazifalariga tegishli hujjatlarni yuritish, uskunalarni inventarizatsiya qilish va hisobga olish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tahlil qilish va hisobini yuritish, tekshirish va ta’mirlash jadvallari va rejalarini tuzish va boshqalar kiradi.

Enter Engineering energetiklari 2023-yilni yuqori kayfiyatda yakunlamoqda. Axir yirik loyihalar bo‘yicha bir qator obyektlar, jumladan, Toshkent viloyatidagi OKMK uchun misni boyitish fabrikasi(3-MBF) qurilishi loyihasi doirasida Maydalash va qayta yuklash uskunalari majmuasida joylashgan 35/10/16000 quvvatli Ruda siklik oqimli texnologiya tagstansiyasi, Boysun gazni qayta ishlash zavodi loyihasining elektr taʼminoti uchun 110/10 kV quvvatli tagstansiya qurildi va ishga tushirildi, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi GTL zavodini uzluksiz elektr bilan taʼminlash ishlari olib borildi va boshqa muhim vazifalar bajarildi.

Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ishonch bilan ta’kidlashimiz mumkinki, Enter Engineering kompaniyasining har bir energetika sohasi mutaxassisi barcha qiyin vazifalarni bajarish uchun g‘ayrat va qat‘iyatga to‘la. Ularga yangi mehnat g‘alabalari, baxt-saodat, sog‘liq va bayramona kayfiyat tilab qolamiz!

Biz ham tavsiya qilamiz