Boysun GQIZ: loyihada ish qizg‘in

13.12.2023
Поделиться:

Surxondaryo viloyatida Boysun gazni qayta ishlash zavodi (BGQIZ) qurilishining faol bosqichi davom etmoqda.

Buyurtmachisi «Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XK, bosh pudratchisi Enter Engineering kompaniyalar guruhi bo‘lgan ushbu loyiha yiliga «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida tozalangan gaz ishlab chiqarish uchun olinadigan CO2 va H2S’ning yuqori tarkibga ega 5 milliard m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan GQIZni qurishni nazarda tutadi.

UzLITI Engineering tomonidan amalga oshirilayotgan bazaviy loyihani ishlab chiqish 100 foizga yakunlangan. Ayni paytda GQIZni batafsil loyihalash ishlari 93 foizga bajarilgan. Barcha asosiy chizmalar hamda xarid qilish va qurilish-montaj ishlari uchun spetsifikatsiyalar chiqarilgan. Infratuzilma obyektlarining ishchi hujjatlarini ishlab chiqish 98 foizga bajarilgan.

Ishlab chiqarishning uzoq muddatli uskunalarini yetkazib berish 99% ga yetdi. Xususan, 108 dan 104 tasi yetkazib berildi. GQIZ obyektlari va infratuzilmasi uchun boshqa asbob-uskunalar va materiallarni ishlab chiqarish hamda qurilish maydoniga yetkazib berish jarayoni faol bosqichda. Bugungi kunga qadar 456 birlikdagi uskunalardan 259 tasi yetkazib berildi (progress 69%). Bular quvur mahsulotlari va fason buyumlari, elektr-montaj ishlari uchun lotoklar va kabellar hamda nazorat-o‘lchov asboblari, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, zaxira transformator podstansiyasi va o‘rta kuchlanishli taqsimlash moslamalari. Yura konlaridan gaz yig‘ish tizimi orqali kollektorlar va shleyflar uchun quvurlar va otvodlar yetkazib berildi.

Qurilish bo‘yicha joriy progress 35 foizni, shu jumladan gazni qayta ishlash zavodi bo‘yicha 40 foizni tashkil etadi. Binolar va uskunalar uchun poydevor bo‘yicha beton ishlarining asosiy qismi yakunlandi, yo‘laklar va maydonlar qoplamalarini, shuningdek, GQIZga kirish yo‘lini betonlash ishlari boshlangan. Shu bilan birga, metall konstruktsiyalarni o‘rnatish va temir-beton estakadasini qurish ishlari olib borilmoqda. Sexda va qurilish maydonchasida texnologik quvurlarni payvandlash, lotoklar, elektr kabellar va nazorat-o‘lchov asboblarini yotqizish, uskunalar va uning quvurlarini o‘rnatish ishlari faol bosqichda. Barcha rezervuarlarni (45 dona) o‘rnatish va bo‘yash ishlari yakunlandi. Shuningdek, o‘rnatilgan uskunalarni individual sinovdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Binolarni ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda, asosiy operatorlik va laboratoriya binosida mebel jihozlari qisman o‘rnatildi. Energetika vazirligi tarmoqlari tomonidan elektr ta’minoti tizimi qurilishi yakunlandi, zavod hududiga eksport gaz quvuri o‘tkazildi. Uskunalar, quvur tayanchlari va to‘siqlar poydevorlari qurilmoqda, Yura konlari quduqlaridan gaz yig‘ish tizimidagi yagona skvajinalar joyidan 2-sonli quduq maydonchasigacha bo‘lgan shleyflarda payvandlash va montaj ishlari olib borilmoqda. Bu yerda 9 900 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda va 600 dan ziyod texnika jalb qilingan.

Yaqinda BGQIZ uchastkasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan edi. U qurilishning borishi bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi, bo‘lg‘usi zavodning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini va loyihani amalga oshirish yo‘lida mehnat qilayotgan Enter Engineering jamoasining faoliyatini alohida ta’kidladi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz