Yo‘lda xavfsizlik bo‘lishi uchun

28.11.2023
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan misni boyitish fabrikasi (3-MBF) loyihasida qurilish-montaj ishlari ayni avjida, ular kechayu kunduz amalga oshirilmoqda — ishlab chiqarish binolari va infratuzilma obyektlari barpo etilmoqda, asosiy texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda.

Qurilish maydoni bo‘ylab ko‘plab turli xil texnikalar, shu jumladan kichik manyevrli kvadrotsikllar doimiy ravishda harakatlanib turibdi. Ularni ishlatish oson, tejamkor va turli bo‘limlarning mutaxassislariga qurilish maydonining istalgan hududiga tezda etib borish imkonini beradi. Ammo tungi vaqtda ushbu turdagi transport yo‘lda deyarli ko‘rinmaydi, bu esa katta gabaritli transport vositalarining haydovchilariga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi va baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi.

— Yuzaga kelgan muammo bilan bog‘liq holda kvadrotsikllarga qo‘shimcha yorug‘lik signal uskunalarini o‘rnatish masalasi paydo bo‘ldi, bu esa ularni boshqa yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan aniqroq ko‘rish imkonini beradi, — deydi HSE bo‘limi menejeri Firuz Jo‘rayev. — Asosiy vazifa transport vositasining konstruksiyasini buzmagan holda signallarni uzoq masofadan yorqin va ko‘rinadigan qilib o‘rnatish edi. Masalani hal qilish uchun bo‘limimiz mutaxassislari jalb etildi va qisqa vaqt ichida mashinalarning moslashuvchan antennalariga svetodiodli lentalarni o‘rnatish sxemasi ishlab chiqildi. Rejalarimizni amalga oshirishda bizga energetik hamkasblarimiz yordam berishdi, ular elektr jihozlarini bevosita texnikaga o‘rnatib berishdi.

Ushbu g‘oyaning amalga oshirilishi loyihada yo‘l harakati xavfsizligi darajasini va Enter Engineering xodimlarining ehtiyojlari uchun kvadrotsikllardan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Biz ham tavsiya qilamiz