Kibersport maydonida yorqin musobaqalar

24.01.2023
Поделиться:

Enter Engineering xodimlari nafaqat o‘zlarining funksional vazifalarini benuqson bajaradilar, balki foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar uchun ham vaqt topadilar. Masalan, shunday mashg‘ulotlardan biri butun dunyoda tobora ommalashib borayotgan kibersport bo‘ldi.

Ushbu sport ishqibozlari uchun katta ahamiyatga ega CAD Counter-Strike belashuvidir. Global Offensive (CS: GO) korporativ turnirida mana ikkinchi yildirki, bizning kompaniyamiz jamoasi ishtirok etmoqda.

Turnirga 22-yanvar kuni start berildi, uni kompyuter uskunalari va IT yechimlari distribyutori CA Distributor hamda kibersport portali FRAG.GG birgalikda tashkil etdi. O‘zbekiston bo‘ylab turnirda TBC Bank, IT-Park, Anor Bank, Sarkor Telecom, Click, Infin Bank, ATMOS, Agrobank, Humans, Payme, SQB Bank, Ipak Yo‘li Bank va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar. Umumiy qatnashchilar soni 27 ta ga yetdi. Musobaqa ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar 4 jamoadan iborat guruhlarda o‘ynashdi, g‘oliblar finalga chiqishdi. U 29-yanvar kuni MAJOR PREMIUM klubida bo‘lib o‘tadi, unda chempion va sovrindorlar aniqlanadi. 

Enter Engineering tomonidan Parviz Qayumov, Shohzamon Valiyev, Аkmalxon Аbdujabborov, Kamron Yoqubov, Dilshod Mirxosilov va Mirsultonbek Siddiqovlar ishtirok etishdi. 

— Bu yil ham ushbu musobaqada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldik, — deydi jamoa sardori Kamran Yoqubov. — Kompaniyaning turli bo‘limlardan ajoyib geymerlar yig‘ildi. Uzum, ATMOS va Ipak Y‘oli Bank jamoalari bilan kuch sinashdik. O‘yinchilar kuchli, yaxshi tayoyrlanishgan. Ushbu turnir bizga foydali tajriba orttirish va mahoratimizni yanada rivojlantirish imkonini berdi. Kompaniyamiz vakili sifatida ishtirok etish sharaf bo‘ldi. Аfsuski, biz keyingi bosqichga o‘ta olmadik, lekin bu mashqlarni davom ettirish uchun yaxshi motivatsiya bo‘ldi. Keyingi turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Biz ham tavsiya qilamiz