EE CUP-2022 hamkasblarni birlashtiradi!

19.12.2022
Поделиться:

Qish mavsumi bo’lishiga qaramay Enter Engineering Kompaniyalari guruhida qizg'in hayot hanuz davom etmoqda. 2022-yilning 16-18 dekabr kunlari Toshkentdagi «Mejvuzovskiy» sport majmuasida mini-futbol bo’yichahar har yili an'anaviy tarzda o’tadigan «EE CUP-2022» turniri tashkil etildi, unda Qarshi, Buxoro, Samarqand, Jizzax va Toshkent shaharlaridagi loyiha, boshqarma va bo’limlardan 24 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnir oldidan qura natijasiga ko’ra, jamoalar 8 ta guruhga bo’lindi (har birida 3 tadan). Guruh bosqichi o’yinlari pley-off o’yinlarida kurashni davom ettiradigan jamoalarni aniqlab berdi. Ular: «UzGTL», «GTL Stars», «Steel Wolves», «UzGTL» loyihasi va Qarshi shahri vakillari, shu o’rinda «SKM» (Samarqand) va «OTMK» (Olmaliq) hamda poytaxtning «TK», «Enternacionale» va «HUMO».

O’zbekiston futbol federasiyasi hakamlari tomonidan boshqarilgan pley-off bahslari - shiddatli, jahon chempionati o’yinlaridan hech ham kam bo’lmagan darajada o’tdi. Natijada «TK» va «Enternacionale» jamoalari raqiblaridan kuchliroq va omadliroq bo’lib, turnir finalchisiga aylanishdi.

Turnirning final o’yini juda ajoyib o’tdi. Raqiblar bironta ham golni o’tkazib yuborishni istashmadi, natijada esa hakamning asosiy vaqt tugaganini e’lon qiluvchi hushtak ovozidan so’ng tablo 0:0 hisobini ko’rsatdi. Reglamentga ko’ra, durang qayd etilgan taqdirda jamoalar o’yindan keyingi penaltilari orqali g’olibni aniqlashadi. Ushbu futbol lotereyasida g’alaba «Enternacionale» jamoasiga kulib boqdi. Ikkinchi o’rin esa «TK» jamoasiga nasib etdi. G’oliblar uchligidan «HUMO» joy oldi.

Yakuniy qismda turnirning g’olib va sovrindorlari taqdirlanib, ularga Enter Engineering Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari, medallar va Chempionlar kubogi topshirildi. Shaxsiy nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi. Turnirning eng yaxshi darvozaboni Asliddin Qahhorov («ТК») bo’ldi. Eng yaxshi to’purar - «UzGTL» jamoasining a’zosi Yorqin Eshonqulovga nasib etdi. Turnirning eng yaxshi futbolchisi nomzodligiga ega «ТК» jamoasining yana bir futbolchisi Shokirjon Hodiyev sazovor bo’ldi.

— Kompaniyamiz xodimlari sport bilan faol shug’ullanish bilan bir qatorda, sog’lom turmush tarziga ham sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlashdi va ish vaqtidan tashqari ham birdamlik aloqalari o’rnatilganligini namoyon etishdi, – dedi FNQIZni modernizatsiya qilish loyihasi rahbari o’rinbosari, jamoamiz yetakchsi Oleg Parsegov. — Jamoalardagi barcha ishtirokchilar, hech istisnosiz epchillik, to’pni nazorat qilish qobiliyati, yuqori jamoaviy ruh va g’alaba qozonish istagini namoyish etdilar.

Biz ham tavsiya qilamiz