Barchasi bolajonlar baxti va quvonchi uchun!

05.09.2023
Поделиться:

Enter Engineering Kompaniyalari guruhi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — bu jamiyatning ko‘plab sohalarga, masalan sport, ta’lim va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan homiylik tadbirlaridir. Shu tufayli bizning kompaniyamiz ko‘pincha xayriya tadbirlarining tashabbuskori bo‘ladi.

Yaqinda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Abdulla Qodiriy mahallasida 3-Misni boyitish fabrikasi qurilishi loyihasi xodimlari tomonidan chiroyli bolalar maydonchasi qurildi. Ushbu tadbir Xalqaro xayriya kuniga bag‘ishlangan yana bir ezgu ish bo‘ldi. O‘yingohda barcha kerakli qurilmalar mavjud bo‘lib (arg‘imchoq, uycha va shiyponcha,  sirpanish supasi va boshqalar), bu bolalarga nafaqat qiziqarli, balki foydali o‘yinlarni ham zavq bilan o‘ynashga imkon beradi.

— Bu hudud tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi, — deydi ushbu mahallada yashovchi Mukarram Eshonqulova. — Oldinlari bu yer toshloq va qaralmagan dala joylar edi. Bugun esa ertalabdan kechgacha bolalarning jarangdor kulgusini eshitishingiz mumkin. Ular birgalikda ahil bo‘lib o‘ynashadi, gaplashishadi va hayotida ro‘y berayotgan qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashishadi. Bunday aloqa bugungi kunda juda muhim, chunki ko‘pincha farzandlarimiz o‘z vaqtlarini televizor va smartfon ekranlari oldida o‘tkazadigan. Bolalarimiz uchun bunday ko‘ngilochar maydonchani yaratishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik so‘zlarini aytmoqchiman, Enter Engineering kompaniyasiga katta rahmat.

Mamlakatimizda Xalqaro xayriya kuni keng nishonlanadi, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli yordamlar ko‘rsatiladi. Ushbu ezgu bayram sharafiga bizning xodimlarimiz xalqimizning ijtimoiy hayotini yaxshilash va rivojlantirishga kichik bo‘lsa-da, ammo juda foydali hissa qo‘shdilar.

Biz ham tavsiya qilamiz