Bolalar uchun ajoyib sovg‘a

02.06.2023
Поделиться:

Yoshlik — bu eng ajoyib vaqt, beg‘am o‘yinlar, rang-barang yorqin olam va yangi kashfiyotlar payti. Kattalarning vazifasi esa har bir bolani baxtli qilishdir.

Enter Engineering Kompaniyalari guruhining PR-departamenti va UzLITI Engineering tomonidan poytaxtning Yashnobod tumanidagi 52-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan qo‘shma xayriya aksiyasini o‘tkazildi.

5-9-sinflarning 70 nafar o‘quvchisi, shuningdek, ularga hamroh bo‘lgan 10 nafar o‘qituvchi Universal Jumping Club ot sporti majmuasiga tashrif buyurishdi, u yerda ular uchun haqiqiy bayram tashkil etildi. Bolalarga hudud bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, otxonani ko‘rsatishdi, ajoyib otlar va har xil ot sporti turlari namoyish etildi.

Bayram dasturi ajoyib shou bilan ochildi — o‘z ishining ustasi bo‘lgan chavandozlar mehmonlarga o‘z mahoratini namoyon etib, gulduros qarsaklariga sazovor bo‘liырвш. Keyin O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot kotibi Anjelika Roziyeva boshchiligida bolalar otxonada sayr qilib, go‘zal hayvonlar bilan tanishib, ularga sabzi yedirishdi. Shuningdek, ular otlarga qanday g‘amxo‘rlik qilish va mashqlarni o‘rgatish kerakligi, ularni qanday boqish va sportchi bo‘lishlari uchun nimalar qilish lozimligini bilib oldilar.

— Bolalar hayotida bu voqea unutilmas taassurot qoldirishi aniq, — dedi Anjelika Roziyeva. — Turli xil jonzotlar bilan muloqot ularda eng yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi, mehribon va sezgir bo‘lishga undaydi. Shunday qilib, biz doimo yangi yosh do‘stlarimizni klubimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

Ko‘pgina o‘g‘il-qizlar uchun otlar bilan birinchi marta yaqindan tanishish bo‘ldi, ularda yorqin his-tuyg‘ular jo‘sh urib turdi. Bolalar instruktorlar nazorati ostida ayg‘ir otda sayr qilib, o‘zlarini haqiqiy chavandozlar kabi his qilishdi.

Tadbir yakunida bolajonlar mazali tushlik qilib, kompaniya tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alarini olishdi. Sayohat davomida maktab o‘quvchilariga volontyorlar g‘amho‘rlik qilishdi, muhtojlarga yordam berishdi, ko‘plab savollarga javob berishdi va bayramona kayfiyatni hamma bilan ulashishdi.

— Ushbu ajoyib bayram uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman, — dedi rus tili va o‘qish o‘qituvchisi Albina Shetininа. — Bolalar chinakam zavq va quvonch bilan tadbirda ishtirok etishdi, ko‘plab yangi taassurotlar oldilar. Endi esa ular to‘rt oyoqli do‘stlari bilan yangi uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda.

Biz ham tavsiya qilamiz