«Abadiy shahar» — sharq an’analariga ehtirom

20.07.2022
Поделиться:

Samarqand – ko‘p yillar davomida jahon turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlar ro‘yxatidan munosib o‘rin egallab kelmoqda.

Mazkur shaharning tashrif qog‘ozi – Registon maydoni bo‘lib, uni deyarli butun dunyo taniydi. O‘rta asrlardan guvohlik beruvchi qadimiy madrasa va masjidlar firuza gumbazlari va hayratlanarli qadama naqshlar jilosi, tarixiy ahamiyati va sharqona ko‘rkamligi bilan nafaqat sayyohlarni, balki sharqshunos olimlarni ham o‘ziga jalb etadi. Va bu bejiz emas, chunki shahar tarixi 2500 yildan ortiq ilgarigi davrga oid bu kent Buyuk Ipak yo‘lining asosiy markazlaridan biri sifatida mislsiz darajada qadrga ega. Silk Road Samarkand Samarqanddagi sayyohlik markazining Enter Engineering kompaniyasi tomonidan muvaffaqiyatli yakunlanishi bu shaharning jahon sayyohlik industriyasida turtgan o‘rni va jozibadorligini chandon oshiradi.

Silk Road Samarkand sayyohlik markazi tarkibidagi «Abadiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasi mavjud bo‘lib, u sharq me’morchiligining barcha o‘ziga xos etnik an’analarini yorqin ifodalovchi platforma hisoblanadi. Shundoqqina eshkak eshish kanali bo‘yida qad rostlagan «Abadiy shahar» o‘zbek milliy madaniyatining barcha rang-barangligi, go‘zalligi va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. 17.7 gektar maydonda O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan hunarmandlar, mashhur amaliy san’at ustalari va rassomlarning galereya va ustaxonalari, milliy taomlar baayni maromiga yetkazib tayyorlanadigan tamaddixonalar joylashadi.

«Abadiy shahar»ni yaratish g‘oyasi muallifi va uning tashqi ko‘rinishi ijodkori, mashhur rassom Bobur Ismoilov boshchiligidagi loyihalovchilar guruhi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad qadimiy o‘zbek shaharchasi qiyofasini amalda gavdalantirish va unga tashrif buyuruvchilar uchun tosh ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish, mahalliy taomlardan bahramand bo‘lish va milliy hunarmandchilik buyumlaridan esdalik uchun xarid qilish imkoniyatini yaratish orqali tarixiy muhitni to‘la-to‘kis tarzda yaratish edi.

O‘zbekiston diyori qadim zamonlardan salohiyati me’mor ustalari bilan mashhur. Shubhasizki, dunyoni hayratga solib kelayotgan inshootlar bunyodkori bo‘lgan bizning buyuk ajdodlarimiz ularga munosib avlod bo‘lolgan va ushbu olamshumul loyihaning amalga oshishida mislsiz jonbozlik va g‘ayrat-shijoat namunasini ko‘rsatgan Enter Engineering kompaniyasining ko‘pming kishilik ahil jamoasi mehnatini a’lo baholagan bo‘lardilar Bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar va sayyohlarning . Silk Road Samarkand Samarqanddagi sayyohlik markazi haqidagi yorqin taassurotlari va ijobiy fikrlari bu ulkan hajmdagi mehnat uchun munosib rag‘bat bo‘ladi.

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz