Samarqand me’morchiligining oltin merosi

30.07.2021
Поделиться:

Imom al-Buxoriy ziyoratgohi — Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan, XX asr oxiriga kelib madaniy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorlik majmuasi. Ushbu ziyoratgoh islom olamida eng mashhur va taniqli ziyoratgoh hisoblanadi. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy dunyoga mashhur islomshunos olim va alloma bo‘lib, 1997-1998 yillarda hijriy taqvim bo‘yicha alloma tug‘ilganiga 1225 yil to‘lishi munosabati bilan u abadiy makon topgan qadimiy mozorda katta yodgorlik majmuasi barpo etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 fevral sanasida kunlari Samarqand viloyatiga safari chog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik kompleksini to‘liq rekonstruksiya qilish va uning hududida obodonlashtirish bo‘yicha ishlarning borishi bilan tanishdi.

Rekonstruksiya ishlarini «Enter Engineering» Kompaniyalari guruhi tomonidan bajarilmoqda. Loyiha buyurtmachisi Samarqand viloyati hokimligi qoshidagi Injiniring kompaniyasi hisoblanadi.

Maqbarada rekonstruksiya ishlarida uning ayni kundagi ko‘rinishi saqlab qolinadi. 

Rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari 4,68 ga maydonda, qurilish ishlari 2.02 ga maydonda olib borilmoqda, bundan tashqari 0.35 ga maydonda yerosti galereyasi bunyod etiladi, 0.83 ga maydon ichki hovli sifatida obodonlashtiriladi. Shuningdek, binolar atrofi va katta maydon sifatida tegishlincha 1.72 va 0.44 ga joy ko‘kalamzorlashtiriladi. Qurilish ishlarining ayni kundagi bosqichida 442 nafar mutaxassis ishchilar band bo‘lib, ulardan 65 nafari xorijlik mutaxassislar hisoblanadi. Jumladan, 53 ta maxsus texnika birligi, 3 ta minorali kranlar uzluksizdan ishlamoqda. Qurilish ishlari bilan parallel ravishda loyihalashtirish ishlari ham davom etmoqda. To‘rt burchida to‘rtta baland minorasi bor muazzam ko‘rinishdagi masjid binosi bunyod etiladi, unda bir paytning o‘zida 9200 nafar namozxon ibodat qilishi mumkin. Katta masjid binosidan tashqari ma’muriyat bino, xizmat ko‘rsatish korpusi binosi, ayollar va erkaklar uchun alohida tahoratxona, minoralar va ayvonlar barpo etiladi. Yodgorlik majmuasida ziyoratchilar al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilib, bemalol ibodat qilishlari mumkin bo‘ladi, shuningdek bu yerda juma namozlari, Ramazon va Qurbon hayitidagi bayram namozlari jamoat ishtirokida o‘qiladi. Majmuada jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarning harakatlanishi uchun barcha sharoitlar – zamonaviy liftlar, maxsus nishab yo‘lkar va boshqa qulayliklar yaratilishi nazarda tutilgan.

 Qurilish va obodonlashtirish bo‘yicha ishlar davomida maqbara atrofida joylashgan suvi shifobaxsh buloq hamda qariyb besh asr oldin ekilgan chinorlarga ziyon yetkizmaslik choralari ham ko‘rilgan.

 
Biz ham tavsiya qilamiz