Respublikaning sanoat quvvati ortmoqda

29.06.2021
Поделиться:

O‘zbekiston zamini mineral qazilmalar va qimmatbaho metallarga, jumladan oltin, mis, qo‘rg‘oshin, molibden, kumush, volfram va rux kabi ma’danlarga boydir. Respublikamizda eng ko‘p qazib olinadigan metallardan biri mis hisoblanadi. 

Joriy yil boshida «Olmaliq tog‘-kon-metallurgiya kombinati» AJ bazasida rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish ko‘lamini yiliga 60 million tonnagacha oshirish maqsadida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan 3-misni boyitish fabrikasini qurish bo‘yicha loyiha yaratilgan edi. Loyiha buyurtmachisi - «Olmaliq tog‘-kon-metallurgiya kombinati» AJ hisoblanadi va 2021 yilning 21 iyunida Buyurtmachi bilan tegishli shartnoma imzolandi.

Loyihalash ishlari allaqachon boshlangan va jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev «Olmaliq tog‘-kon-metallurgiya kombinati» AJning «Yoshlik-1» koniga tashrif buyurdi va binokorlik sohasidagi xayrli an’anaga ko‘ra qurilajak sanoat obyekti qurilishiga tantanali ravishda birinchi g‘ishtni qo‘yish marosimini ado etdi.

«Olmaliq tog‘-kon-metallurgiya kombinati» AJ bazasida rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishning I-bosqichidagi dastlabki asosiy tadbir yiliga 60 mln. tonna mis rudasini qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 3-misni boyitish fabrikasi qurilishi hisoblanadi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi bilan O‘zbekistonda misni ishlab chiqarish ko‘lami yanada kengayib borgani holda, 2026 yilga borib 2,1 barobarga ortadi. Natijada mamlakatning sanoat potensiali yanada kuchayib, hududda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi. Bundan tashqari, aholining bandlik darajasini ko‘tarishga, ichki bozorda misga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirishga, MHD doirasida mis ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonning ulushini oshirish orqali mahsulot eksportidan mamlakat g‘aznasiga valyuta tushumini ko‘paytirishga erishiladi. 

 Loyiha bo‘yicha qurilish-montaj hamda ishga tushirishdan avval bajariladigan joriy ishlarni 2024 yilning 31 dekabrigacha yakunlash mo‘ljallangan.

 
Biz ham tavsiya qilamiz