Men Enter Engineering kompaniyasidanman! Men - donorman!

15.03.2022
Поделиться:

Donorlar kuni – jamoaning o‘zaro birdamligi va jipsligini kuchaytiruvchi tadbirlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Zero, hech narsa insonlarni xayrli ish kabi birlashtirmaydi.

12 mart kuni Enter Engineering kompaniyasi xodimlari «Faxrli inson» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etdilar. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad oqqon kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun bepul donorlikni targ‘ib qilishdan iborat. Ushbu tashabbusni kompaniyamizning 94 nafar xodimi qo‘llab-quvvatladi. Respublika qon quyish markazida o‘tkazilgan xayriya tadbiriga yig‘ilgan ko‘ngillilar gematolog mutaxassislarning tibbiy ko‘rigi va tegishli tahlillar natijalariga ko‘ra donorlikka qabul qilindi. Enter Engineering kompaniyasining 77 nafar xodimi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

— ««Leykemiya – jiddiy kasallik! Ayniqsa, bolalar kasallangani juda ayanchli. Ammo bu so‘nggi hukm emas! Aksiyada ishtirok etish orqali biz kasal bolalar va ularning oilalariga yordam berish, ularga biroz bo‘lsa-da yengillik va umid baxsh etishimizga ishonamiz», - deydi Komplektatsiyalash, zahiralar va omborlarni boshqarish Departamenti rahbari o‘rinbosari Denis Mambetov.

Shu o‘rnida shifokorlar ham bu kabi xayrli tadbirlarning tashkiliy ishlarida ishtirok etgangan barcha insonlarga samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar. Jumladan, Respublika qon quyish markazi donorlik qonini qabul qilish bo‘limi mudiri Muharram Po‘latova Enter Engineering kompaniyasi xodimlariga tashakkurini izhor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kasalxonada qon va uning tarkibiy qismlari yetishmovchiligi sezilmoqda:

— «Pandemiya tufayli donorlar soni kamayib, qonga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortdi. Birovning dardiga hayrohoh bo‘lmagan insonlar ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etib, yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berishlari mumkin. Boshqa tomondan, qon topshirish donorlik qiluvchining organizmi uchun ham foydali bo‘lib, qonning yangilanishiga yordam beradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi. Donorlik uchun sarflanadigan atigi 15 daqiqada ichida inson o‘ziga va boshqalarga ham yordam bera oladi».

14 mart kuni «Faxrli inson» jamg‘armasi vakillari va Enter Engineering kompaniyasi xodimlari xayriya aksiyasi doirasida to‘plangan qon zaxirasini topshirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi. Bolalar va ularning ota-onalari, shuningdek, katta yoshdagi bemorlar va muassasa xodimlari ushbu tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Shuningdek, «Faxrli inson» jamg‘armasi tomonidan Enter Engineering kompaniyasi xodimlariga qon topshirish aksiyasidagi faol ishtiroklari uchun tashakkurnoma topshirildi. Bunga, albatta, kompaniyamiz xodimlarining insonparvarligi tufayli erishildi.

Enter Engineering kompaniyasi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga muntazam ravishda yordam berib keladi. O‘tgan yilning iyul oyida navbatdagi xayriya aksiyasi doirasida акции Kompaniya tomonidan Markazga beg‘araz yordam ko‘rsatildi. Bu voqea «O‘zbekiston-24» telekanalining teleko‘rsatuvida ham yoritilgan. «Узбекистан-24».

Biz bundan buyon ham shu kabi xayriya tadbirlarda ishtirok etish niyatidamiz va birovning dardiga befarq bo‘lmagan barcha mehridaryo insonlarni xayrli ishlarni birgalikda amalga oshirishga chorlab qolamiz. Chunki aynan birgalikda, atrofdagilarimizga yordam bera olamiz va dunyoni qutqara olamiz! 

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz