Balandlikdan yiqilganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam

05.07.2022
Поделиться:

Sog‘liqni saqlash bo‘limi mutaxassislarining ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatlar (FV)dagi birinchi yordam favqulodda vaziyatning haqiqiy sharoitlariga yaqin bo‘lgan o‘quv jarayonini tashkil qilgandagina malakali va aniq bo‘lishi mumkin. Shu bois kompaniyada xodimlarni xavfsizlik va mehnat muhofazasi, shuningdek, zarur holatda birinchi yordam ko‘ratish bilan bog‘liq barcha holatlardan xabardor qilish maqsadida muntazam ravishda mavzuga doir treninglar o‘tkaziladi. Birinchi yordam ko‘rsatishga doir treninglar shifokorlar yetib kelguniga qadar inson hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish imkonini beradi.

«Samarqand shahrida sayyohlik markazi qurilishi» loyihasida sog‘liqni saqlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan «Balandlikdan yiqilganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam. Bog‘lash bandajini qo‘llashning asosiy qoidalari» mavzusida trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida balandlikdan yiqilish paytidagi shikastlanishlar va jarohatlar, shuningdek, ko‘karishlar va suyak chiqqan paytida birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillari ko‘rib chiqildi. Jabrlanuvchining holatiga qarab amalga oshiriladigan zarur harakatlar algoritmi ham muhokama qilindi.

Shuningdek, jabrlanuvchini boshqa joyga ko‘chirish, kiyimini yechish yoki uning harakat qilishiga ruxsat berish mumkin emasligi ta’kidlandi. Jabrlanuvchini zambilda joyidan ko‘chirish va infeksiyadan himoya qilish maqsadida terini antiseptiklar bilan tozalash qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar og‘riq qoldirish va sovuq kompress qo‘yish usullari bilan tanishtirishdi. Bundan tashqari, jabrlanuvchining shikastlangan a’zosini qo‘lbola shina yordamida qanday qilib to‘g‘ri harakatsizlantirish kerakligi ko‘rsatildi.

««Xodim yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, qurilish maydonchasidagi avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish, ish joyidagi mehnat sharoitlarini yaxshilashni bilsa va tushunsagina o‘zining hamda hamkasblarining salomatligini saqlashi mumkin», –dedi feldsher Mahkam Samadov.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz