UzGTL loyihasida vaksinatsiya jarayoni

13.08.2021
Поделиться:

Barchaga ma’lumki, koronovirus mutatsiyaga uchramoqda va hamon insoniyatni tashvishga solayotgan asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Butun dunyoda Covid-19ga qarshi kurash ketmoqda. Koronavirusga qarshi kurashishda vaksina eng asosiy chora hisoblanib, samarali testlashtirish va mavjud profilaktika tadbirlari bilan birgalikda qo‘llanganda pandemiyani jilovlash imkonini beradi.

Ayni paytda UzGTL loyihasida vaksinatsiyalashning birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda va ayni paytda ikkinchi bosqichi (ikkinchi vaksinani qabul qilish muddati yetgan xodimlar uchun) ham boshlandi (ZF-UZ-VAC2001 vaksina). Bugungi kungacha loyihada band bo‘lgan 6300 nafar xodimlarning 2100 nafari vaksina qabul qildi, ularning 330 nafari chet el fuqarolari (Filippin, Hindiston, Bangladesh) hisoblanadi. Vaksina olgan ishchi-xodimlar soni tobora ortib bormoqda. Vaksinatsiya UzGTL loyihasi vaxta shaharchasida G‘uzor va Nishon tumanlari SES shifokorlari nazorati ostida o‘tmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlashni istardikki, hozirgacha vaksina qabul qilgan xodimlar tomonidan nojo‘ya ta’sir to‘g‘risida hech qanday shikoyatlar kuzatilgani yo‘q. SES tomonidan xodimlarimizga sertifikat topshirish vaksinatsiyalashning uchinchi bosqichi tugagach boshlanadi. Vaxtani tugatib, hordiqqa chiqqan ishchi-xodimlar esa yashash joylaridagi tuman poliklinkalarida vaksina olmoqdalar.

Vaksina olish borasida to‘g‘ri tanlov qilish va shu xususda eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun barchangizga tibbiyot muassasalari va davlat sog‘liqni saqlash idoralarining ishonchli hamda nufuzli axborot manbalarini kuzatib borish, har xil ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ishonchsiz manbalar orqali tarqatilayotgan turli mish-mishlar hamda chalg‘ituvchi xabarlarga e’tibor bermaslik tavsiya etiladi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz