Kompaniya loyihalarini amalga oshirishda xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va risklarni baholash to‘g‘risida nimalarni bilish lozim?

29.09.2021
Поделиться:

Keling, dastavval ta’riflar bilan tanishib olamiz.

Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash – bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq xavfli va zararli omillarni topish, aniqlash va tanib olish hamda ularning vaqti-soati, miqdoriy, fazoviy va boshqa jihatlarini loyihalarni amalga oshirishda mehnat xavfsizligini ta’minlovchi profilaktika chora-tadbirlarni (oldini oluvchi va tartiblashtiruvchi xatti-harakatlarni) ishlab chiqish uchun zarur va yetarli bo‘lgan miqdorda belgilash.

Risklarni baholash – bu risklar, ya’ni loyihani amalga oshirish va rejalashtirilgan natijalarga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan voqealar va holatlarning yuzaga kelish ehtimolini aniqlash jarayoni.

Kompaniyaning ishlab chiqarishga oid faoliyati insonlar salomatligi, atrof-muhit va Kompaniya nufuziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qator risklar va xavf-xatarlar bilan bog‘liqdir. Loyihalarni Enter Engineering kompaniya tomonidan tanlangan «Zero Accident – 0 insidentlar» konsepsiyasi bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nafaqat xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va risklarni baholash, balki tartiblashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning mohiyatini har bir ishchiga yetkazish borasidagi choralarga ham kuchli ehtiyoj mavjud.

Shu munosabat bilan, ISO va OHSAS kabi xalqaro talablar va standartlarga muvofiq ravishda, Kompaniyaning HSE Departamenti xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va risklarni baholash hamda ularni nazorat qilish choralarini belgilash amaliyotini ishlab chiqdi.

Tarixan shunday shakllanganki, har qanday xarakterdagi amaliyotlarni samarali joriy etish amalda ularni talab etilgan kerakli shaklga keltirish uchun ishlab chiqaruvchilardan katta sa’y-harakatlarni hamda pirovarddagi foydalanuvchilarning to‘liq tushunishini talab etadi.

Ko‘pincha amaliyotlarning katta qismi axborot soni va oqimi ko‘pligi bois, yo qisman joriy etilganicha, yohud jarayon ishtirokchilariga to‘liq tushunarli bo‘lmay qolib ketadi. HSE bo‘yicha amaliyotlarni samarali joriy etish uslublaridan biri HSE Departamenti tomonidan tanlangan uslub bo‘lib, u bevosita Kompaniyaning ishlab chiqarish obyektlarida nazariy o‘quv treninglarni o‘tkazish va amalda qo‘llagan holda qat’iy ravishda mustahkamlashdan iborat.

HSE Departamenti, kutilganidek o‘z mevasini beruvchi mazkur yondoshuvga asoslanib, 3-MBF (OKMK) loyihasida yuqorida keltirilgan amaliyot bo‘yicha o‘quv treningni tashkillash g‘oyasi bilan chiqdi va uni o‘tkazdi. Aynan ushbu loyiha tanlanganiga sabab, uning nisbatan yaqinda boshlanganidir. Chunki xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va risklarni baholash jarayoni aynan loyihaning dastlabki bosqichlarida juda muhim hisoblanadi, shuningdek bu jarayon bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishda ham o‘tkazib boriladi.

O‘quv tadbirini o‘tkazish joyi sifatida, albatta, loyiha qoshida yaratilgan, tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan innovatsion trening markazi tanlandi. Trening ishtirokchilari sifatida ushbu loyihaga jalb etilgan Enter Engineering xodimlari hamda mulki uchun mas’ul hisoblangan bo‘linmalari vakillari taklif etildlar. Tinglovchilarga xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va risklarni baholash amaliyoti batafsil tushuntirildi, nazorat qilinadigan xavf-xatarlar ro‘yxati va uchrangli matritsa (ehtimollik shkalasi)ni qo‘llagan holda risklarni baholash shakllari namoyish etildi.

Kompaniyaning HSE Departamenti tomonidan mazkur amaliyot joriy etiluvchi keyingi obyektlar eng ko‘p xodimlar va maxsus texnika jalb etilgan, demakki, xavf-xatar va risklar ehtimoli yuqori hisoblangan Samarqand regionidagi loyihalar bo‘ladi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz