Muzdagi bellashuv

25.02.2022
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi xodimlari nafaqat samarali mehnatlari bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli qurilish loyihalarini amalga oshirib kelishmoqda, balki havaskor xokkey jamoasini tuzib, ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish barobarida sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilib kelishmoqda.

23 fevral kuni «Humo Arena» muz saroyida havaskor jamoalar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Enter Engineering, «Brig» ICHQK, UzLiti, Eriell Group va MBF OTKM xodimlari hamda Energetika vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va YUNISЕF tashkiloti vakillaridan iborat 2 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘yin qiziqarli va ajoyib tarzda o‘tdi, ishqibozlar so‘nggi soniyalargacha jo‘shqinlik bilan muxlislik qildilar. Jamoalar bir-birlarining darvozalariga shaybani o‘n marta kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Mazkur o‘yinni bemalol professional jamoalar bellashuviga o‘xshatish mumkin edi. Xokkeychilarni ishqibozlardan tashqari ularning do‘stlari, hamkasblari va oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Enter Engineering kompaniyasining GKLD xodimi Ilyos Timerxanov mazkur xokkey kechasini tashkillashtirishda faol ishtirok etdi. Shuningdek, havaskor hamkasblariga xokkey o‘yinchilarining asosiy quroli - klyushkalar hadya etdi. Barcha ishtirokchilar o‘yindan ulkan zavq olishganini e’tirof etishdi, muz ustida tez-tez uchrashib kelishib olishdi.

 
Biz ham tavsiya qilamiz