Enter Engineering Enter Engineering ZAAMIN ULTRAda!

06.06.2022
Поделиться:

28-29 may kunlari Zomin milliy tabiat bog‘i (Jizzax viloyati) hududida ZAAMIN ULTRA o‘ziga xos tog‘ ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro marafon Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Sportni rivojlantirish vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Dengiz sathidan 2500 metr balandlikda tashkil etilgan ushbu marafon, ishtirokchilarning moslashuvchanligi, irodasi, chidami va qat’iyatini imtihon qiluvchi haqiqiy sinovga aylandi. Belgilangan trassa halqasi uzunligi 25 km edi.

Tan olish kerak, bunday noyob voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga nima yetsin! Shuning uchun biz ushbu sport bayrami haqida bevosita unda ishtirok etganlarning o‘zidan eshitishga qaror qildik! Negaki, ayrim hamkasblarimiz unda faol qatnashibgina qolmay, turli masofalarda o‘z yosh toifalarida fahrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Endi ularga so‘z bersak!

Denis Mambetov, Zaxiralar va omborlarni boshqarish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Enter Engineering:

- Taassurotlar ajoyib! Marafaonda rafiqam va bolalarim birga ishtirok etyapmiz, hammamiz bu yerdagi ajoyib muhitdan hayratda. 21 kilometrlik poygaga tayyorgarlik shunday kechdi: har kuni togda yugurish bilan shug‘ullandim, yaxshi ovqatlandim (nonushtaga - bo‘tqa, tushlikda - sho‘rva, kechki ovqat uchun yesa - turli xil taomlar). Yugurish qiyinchilik tug‘dirmadi. Bilasizmi marra chizig‘ida bazo‘r to‘xtadim, ortga qaytib yana yugurgim kelib ketdi. O‘tgan yilgi Zaamin Ultra da ayolim bilan 10 km.ga, o‘g‘lim esa 2 km.ga yugurgandik. Bu yil mening natijam 21 km, xotinim va o‘g‘limniki esa 10 km. Shunday qilib, biz o‘tgangi natijalarimizni yaxshiladik. Bunday poygalarning asosiy maqsadi yugurish madaniyati va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Birdamlik hissi butun ruhiyatingizga singib ketadi! Bu ta’riflab bo‘lmaydigan tuyg‘u...

Maksim Taylakov, “Tebinbuloq” loyihasi budjet guruhi rahbari:

- Men tog‘da sayr qilishni va yugurishni yaxshi ko‘raman, tog‘ marafonlari esa sevimli mashg‘ulotlarimning juda muvaffaqiyatli kombinatsiyasi. Afsuski, bulutli ob-havo va past bulutlar negizida atrof-muhit go‘zalliklardan to‘liq bahramand bo‘lishimizning imkoni bo‘lmadi, ammo salqin havoda yugurish qulay bo‘ldi. Men marafonga 2 oy oldin tayyorgarlik ko‘ra boshladim, mashg‘ulotlar sonini haftasiga 4-5 martagacha oshirdim. Men o‘z oldimga 21 kilometr masofani ikki soatda bosib o‘tishni maqsad qilib qo‘ydim. Marshurutda baland cho‘qqilarga chiqish juda qiyin kechdi, men ortiqcha zo‘riqmasdan yugurishga intildim va oldimdagi kichik bir guruh ishtirokchilarni qo‘yib yubormaslikka harakat qildim. Oxirgi tushishda tezlashish va belgilangan vaqtga ulgurish uchun yetadigan kuchim qolgan edi. Natijada urinishlarimning samarasi - 1 soatu 58 daqiqani tashkil etib, umumjamoa hisobida 10-o‘rin va o‘z yosh toifamda esa 1-o‘rinni egalladim. Hamma yugurishni tavsiya etaman!

Anton Tkachenko, Enter Engineering kompaniyasi Nazorat qilish va sifatni ta’minlash departamenti inspeksiya nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi:

- Marafondan katta ijobiy taassurot oldim! Bunday poygalarda qatnashishda tajribam bor, lekin Zaamin Ultra da birinchi marta ishtirok etdim. Ro‘yxatdan o‘tishda ma’lum muddat 21 va 50 km masofalar o‘rtasida ikkilandim, lekin yakunda 50 km.lik masofada o‘z kuchimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Uzoq cho‘ziluvchi qiyalikdan ko‘tarilishlar ancha qiyin bo‘lib chiqdi, mushaklarim bu rejimda yugurishga hech ko‘nikmaganligi uchun 30 km masofada menda tomirlar tortishishi boshlandi. Men ruhiy va irodaviy quvvatim tayanib, o‘zim bilan ichki muloqotni o‘rnatdim, og‘riq va charchoqqa qaramay, miyaga doimo oldinga intilish kerak degan maqsadli impulslarni yuborishni boshladim. Aytgancha, ob-havo yugurish uchun juda qulay edi, yugurishning boshida 3-5 daraja iliq, so‘ngra salqin va ba’zan qalin tuman tushib, tog‘ landshaftlari orasida noodatiy muhitni yaratdi. Natijalarga kelsak, bir tomondan o‘zimni yengganim, hatto 14-o‘rinni egallaganim uchun xursand bo‘lsam, ikkinchi tomondan, yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganimdan va tomir tortishish menga yaxshi natija ko‘rsatishga imkon bermaganidan hafsalam pir bo‘ldi.

Oleg Parsegov, UNG-2 direksiyasida loyiha koordinatori:

- Zomin, soat 07:00. Dengiz sathidan 2200 m balandlikdamiz, havo harorati +3. Men bu yerga ikkinchi bor kelishim. Start chizig‘ida mendan tashqari yana 36 nafar g‘alabaga chanqoq ishtirokchi turibdi, ularning har biri 50 km masofani bosib o‘tishga jur’at yetarli azamatlar. Ajablanarlisi shundaki, boshida men mutlaqo xotirjam edim, odatda bunday paytda bo‘lganidek yurak urishim pasaymadi. Va bu yerda ortga hisoblash tizimi ya’ni 10, 9, 8, ...., 1 - start va poyga boshlandi! O‘sha kungi ob-havo juda yugurishbop bo‘ldi, quyoshsiz, bulutli paytda yugurish juda qulay. Men barcha raqiblarni ko‘z ostimda ushlab turishga va uzoqlashib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildim. Burilishdan so‘ng (25 km belgi) liderlarning kuzatuvchilardan ilgarilash vaqti 1 daqiqani tashkil qilayotgan edi, keyin esa g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun 5-6 kishi kurashishi aniq bo‘ldi. Masofaning birinchi qismini juda oson va tez yugurib o‘tib, shohsupani egallash uchun haqiqiy imkoniyat borligini angladim. Afsuski, peshqadamga va poyga natijalariga ko‘ra chempionga yetib olishning iloji bo‘lmadi, ammo shohsupa uchun juda qattiq kurash boshlandi, natijada men raqiblarimdan 47-48 km ga o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldim va 3-o‘rinni egalladim. Poygani boshlashdan oldin men o‘z oldimga 5 soat 30 daqiqadan tezroq marraga yetishni maqsad qilib qo‘ygandim, ammo yakunda natijam yaxshiroq bo‘ldi – 4 soatu 55 daqiqa! Aytgancha, men ikkinchi o‘rin sohibidan atigi 14 soniya ortda qoldim.

Timurbek Genjebekov - BGPZ loyihasida rejalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis:

- – Marafonlar men uchun doim bayram, Zomin marofini esa qo‘shaloq bayramdir. Atrofdagi go‘zal tabiat manzarasi va albatta, hayratlanarli poyga muhiti mutanosiblikda ajoyib kayfiyat bag‘ishlaydi kishiga. Men uchun eng qiziqarli hodisalar ochiq osmon ostidagi musiqa dasturi, yangi do‘stlar orttirish va chodirlar shaharchasida o‘tgan g‘aroyib tun bo‘ldi. Oyog‘imdagi jarohat tufayli men eng qisqa masofani tanladim - 2 km, shuning uchun bu yil men uchun qiyin bo‘lmadi. Shunga qaramay, men o‘z natijamdan mamnunman. Men 12 daqiqa 14 soniyada marraga yetib keldim va 287 nafar ishtirokchi orasida 33-o‘rinni egalladim.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz