GTL jamoasi g‘alabasi – bizning faxrimiz!

21.09.2022
Поделиться:

Zamondoshlarimizda sport bilan shug‘ullanish istagi bir necha sabablarga ko‘ra uyg‘onishi mumkin. Eng asosiy sabab – bu hayot sifatini yaxshilash istagidir. Hozirgi davrda nufuzli maqomga erishi uchun xizmat pillapoyasidan yuqorilash, martabaga erishishning o‘zi kifoya emas. Haqiqiy muvaffaqiyat — nafaqat martaba, balki sog‘lom hayot tarzi va shaxsiy yutuqlar hamdir.

Enter Engineering kompaniyalar guruhining xodimlari faol hayot tarzini olib borish bilan bir qatorda, stritbol o‘yinini o‘ynash orqali uni samarali targ‘ib qilib kelishmoqda.

Stritbol o‘yini basketbolga o‘xshashiga qaramay, u o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan alohida sport turi hisoblanadi va yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturi tarkibiga kiradi. Ushbu o‘yin 3 kishilik ikki jamoaga bo‘lingan holda yagona halqali maxsus maydonda o‘ynaladi.

2022 yilning 11 sentabr kuni Qarshi shahridagi Ixtisoslashtirilgan san’at maktabining sport zalida stritbol bo‘yicha Win or go Home turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada oltita mahalliy jamoa va GTL Thunder host Enter Engineering loyihasining birlashgan jamoasi ishtirok etdi. Jamoaning tarkibi qo‘yidagi xodimlarimizdan tashkil topgan: Alisher Abdullayev (IT-departament), Jayron Alaraz, Mishel Atiyenza, Abraxam Magapantay (Quvurlarni loyihalash bo‘limi).

Har bir bosqich ajoyib qizg‘inlikda o‘tdi, natijalar ham shunga yarasha kutilmagan bo‘ldi. Final o‘yini yakuniga ko‘ra, bizning terma jamoamiz 19-18 hisob bilan g‘alaba qozonib, turnir g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek shaxsiy sovrinlar ham taqsimlandi – 3 ochkolik uloqtirish bahslarida 1 daqiqada 11 marta zarba berishga erishgan Qarshi shahrining Unics Kitab jamoasi a’zosi Artyom Ignashov g‘olib chiqdi, Alisher Abdullayev (Thunder host Enter Engineering) esa turnirning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Enter Engineering nomidan barcha sportchilarimizni ushbu ajoyib g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Mahoratli o‘yinchilarimiz bilan faxrlanamiz!

 
Biz ham tavsiya qilamiz