Enter Engineering kompaniyasi nemis sanoat kontserni thyssenkrupp bilan yangi kon-boyitish majmuasini qurish sohasida yuqori texnologiyalarni joriy etish boʼyicha hamkorlik qilishga kelishib oldi

27.09.2021
Поделиться:

Oʼzbekiston uchun strategik ahamiyatga ega boʼlgan ushbu loyihada yangi ish oʼrinlarini yaratish, mamlakatimizdagi kon manbaalarini takomillashtirish va energiya quvvatini tejash boʼyicha ilgʼor texnologiyalarni joriy etish koʼzda tutilgan.

Enter Engineering va Germaniyaning yirik sanoat kontserni thyssenkrupp AG oʼrtasida Kelishuv bitimi imzolanganligi eʼlon qilindi.

Enter Engineering va thyssenkrupp AG kompaniyalari oʼrtasida tuzilgan 50 million yevro qiymatga ega boʼlgan ushbu Kelishuv Tebinbuloq titan-magnetit rudalari koni bazasida integratsiyalashtirilgan kon-metallurgiya majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Ikki tomon, shuningdek loyiha boʼyicha tayyorgarlik ishlarini boshlash toʼgʼrisida bitimni, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va obʼektda ishga tushirish nazarda tutilgan shartnomani imzoladilar.

 

Valli presslarda yuqori bosim ostida maydalashning innovatsion texnologiyasini (High-Pressure Grinding Rolls) qoʼllash orqali kon obʼektida yiliga 60 million tonna temir rudasini qayta ishlash va energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.

Enter Engineering kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Baxtiyor Fozilov quyidagilarni taʼkidlab oʼtdi:

«Biz thyssenkrupp AG kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan benihoya mamnunmiz. Avvalo shuni alohida taʼkidlash oʼrinliki, mamlakatimizning metallurgiya sanoatida nemis standartlarini qoʼllash orqali yuqori sifatli xom-ashyo bazasini yaratishga muvaffaq boʼlamiz. Ushbu loyiha, Enter Engineering kompaniyasi erishishga intilib kelayotgan barcha maqsadlarni oʼzida mujassam etgan: bu tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, oʼzbek isteʼmolchilarining manfaatlarini qoʼllab-quvvatlash va yangi ish oʼrinlarini yaratishdir».

 

Enter Engineering tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlarining muddati - ikki yilni tashkil etib, zavod 2023-yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

Yevroosiyo mintaqalari, shu jumladan MDH va Xitoy boʼylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari boʼyicha thyssenkrupp kompaniyasining vitse-prezidenti – Reza Purvash shunday dedi:

«Bugungi kunda, togʼ-kon sanoati sohasida 140 tadan ortiq HPGR uskunalari sotuvi amalga oshirilgan. thyssenkrupp nemis brendiga xos yuqori sifat va ishonchlilikni amalda tasdiqlagan holda MDH mamlakatlari hududida bu turdagi texnologiyalardan foydalanuvchi togʼ-kon kompaniyalari tanlovi doirasida yetakchilik qilib kelmoqda».

MDH mamlakatlari boʼylab kon qazilmalarini boyitish texnologiyalari boʼyicha thyssenkrupp mintaqaviy direktori Roman Karl quyidagilarni qayd etdi:

«Muhandislik qurilishlari boʼyicha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan va bu borada boy tajribaga ega boʼlgan Enter Engineering singari Oʼzbekistonda dongdor kompaniya bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

Hozirgi kunda bu eng tejamkor va innovatsion texnologiyalardan biri boʼlib, energiya quvvati sarfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ushbu texnologiyani ilk bora 1985-yilda sement sanoatida, 1986 yildan boshlab esa togʼ-kon sanoatidagi maydalash jarayonida qoʼllab, mahsulotning yuqori darajada mayda donadorligini taʼminlashga erishib kelinmoqda. Shu oʼrinda, ushbu texnologiyaning toʼliq integratsiyalashuvi 4.0 Sanoati doirasida muhim ahamiyat kasb etishini ham taʼkidlab oʼtish joiz».

Metallurgiya majmuasi Oʼzbekiston uchun oʼzining mulьtiplikatsiya taʼsiri bilan ulkan ahamiyatga ega. Uning sharofati bilan chekka tumanlarda nafaqat yangi ish oʼrinlari yaratiladi, balki, mahalliy temir rudasi ishlab chiqarish sanoati rivojlanishi oʼsadi va shu orqali mamlakatda mavjud metallurgiya majmualarini xom-ashyo bilan toʼliq taʼminlash imkoniyati tugʼiladi. Shuningdek, ushbu majmua infratuzilmani rivojlantirish, xizmat koʼrsatuvchi korxonalarni yaratish va mamlakatlararo savdo hajmini oshirishga ham xizmat qiladi.

Tebinbuloq koni Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbiy qismi, yaʼni Qoraqalpogʼistonning Qoraoʼzak viloyatida joylashgan. Maydoni 5,2 kv. km boʼlib, taxminiy hayot davri 27 yilni tashkil etadi.

Enter Engineering va thyssenkrupp oʼrtasidagi hamkorlik aloqalari yuqori darajada, yaʼni hukumatlar miqyosida qoʼllab-quvvatlanmoqda. Kelishuvni imzolash marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov ishtirok etdi. Energetika vazirligi eskirayotgan ishlab chikarish tarmoqlarini yangi, energiya quvvatini tejaydigan texnologiyalarga oʼtkazishga asoslangan milliy miqyosdagi saʼy-harakatlarda faol ishtirok etadi.

Marosimda Germaniya Federativ Respublikasining Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Tilo Klinner ham ishtirok etdi va quyidagilarni taʼkidlab oʼtdi:

«Bu juda muhim voqea. Bugun imzolangan strategik loyihaning shartnomasi Germaniya va Oʼzbekiston oʼrtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotgani ramzidir. Germaniya va thyssenkrupp kabi yirik nemis kompaniyalari ushbu muhim ish debochasida texnologik hamkor sifatida ishtirok etayotgani bilan benihoya faxrlanadi.

Boyitish zavodi, Tebinbuloq kon-boyitish majmuasi tarkibiga kiradi, ushbu yangi loyiha Oʼzbekistonning yetakchi kompaniyalardan biri boʼlgan Enter Engineering bilan birgalikda amalga oshiriladi. 2016-yildan boshlab Oʼzbekistondagi islohotlar jarayoni oʼzining ajoyib natijalarini namoyon etib kelmoqda va ushbu loyiha ham mamlakatlarimiz oʼrtasidagi yaqin hamkorlikni yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishiga ishonaman

Biz ham tavsiya qilamiz