Kompaniya haqida
Guruhning tuzilishi
ENTER STEEL

XIK Enter Steel MChJ – mamlakatdagi eng yirik mashinasozlik zavodlardan biridir. Uning qurilishi 2019 yilda boshlangan boʼlib, 2020 yildayoq zavodda dastlabki metall konstruktsiyalar ishlab chiqarila boshlangan. Enter Steel zavodiga asos solishdan maqsad dinamik rivojlanish bosqichidagi mamlakatimizda metall konstruktsiyalarga oʼsib borayotgan talabni qondirishdir. Bugungi kunda zavodda bosim ostida ishlovchi sigʼimlar, separatorlar, riseverlar, koʼprikli va chorpoya kranlari ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, neft ishlab chiqarish sohasi asbob-uskunalarini taʼmirlash va diagnostika qilish va boshqa ishlar bajarilmoqda.
Kompaniya veb-sayti
UZLITI ENGINEERING

Uzliti Engineering kompaniyasi Oʼzbekistondagi eng yirik mustaqil injiniring markazi hisoblanadi. Loyihalashtirishning eng zamonaviy texnologiyalariga asoslangan holda kompaniya neft-gaz va sanoatning boshqa sohalari uchun raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratmoqda hamda issiqlik-energiya tarmogʼini kompleks loyihlashtirish boʼyicha barcha ishlar koʼlamini bajarmoqda.
Kompaniya veb-sayti